Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Microsoft Office yangi asbob yordamida yanada "aqlli" funktsiyalarga ega bo'ladi 

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 130           Дата: 28-07-2016, 21:57          
Microsoft Office yangi asbob yordamida yanada "aqlli" funktsiyalarga ega bo'ladi 

Microsoft Office 365 dasturlar to'plamida hujjatlar ishini sezilarli darajada osonlashtirib, tezlashtiruvchi katta yangilanishni amalga oshirmoqda. O'zgarish matnli muharrir Word, elektron jadvalli Excel va taqdimotlar yaratuvchi PowerPoint uchun ta`sir ko'rsatadi.

Word'ning yangi asbobi — Researcher for Word — boshqa dasturlarga ulanmasdan (masalan, brauzerga) qiziqarli mavzu bo'yicha ma`lumotlarni bir zumda qidirib topishga va formatlangan havolalarni to'g'ridan-to'g'ri muharrirga importlashga yordam beradi.

Uning ma`lumotlar manbai sifatida onlayn-ma`lumotnomalar, entsiklopediya, ilmiy-tadqiqot markazlari, ma`lumotlar ombori va boshqalar kiradi. Microsoft qayd etishicha, Word uchun Researcher asosida Bing qidiruv tizimining Knowledge Graph ("Bilimlar tarmog'i") semantik bazasi mavjud.

Yana bir yangi asbob — Editor for Word — Microsoft mashina ta`lim tehnologiyasi yordamida orfografiya va grammatikani tekshirishga yordam beradi. Tizim nafaqat matndagi hatolarga urg'u beradi, balki muallifga uslubiy yozish bo'yicha tavsiyalar beradi, yanada ko'proq mos keluvchi so'zlar va boshqalarni taqdim etadi.

Outlook elektron pochtaning Desktop versiyasi mobil' dasturning Focused Inbox funktsiyasini oladi. Gmail'da Priority Inbox kabi qabul qilinayotgan habarlarni ma`lum bir "tarozi"ga soladi va ularni muhimligiga qarab ajratadi. Shuningdek, pochta mijozida Twitter'dagi kabi boshqa insonlarning (@ belgisi yordamida) murojaatnomalari paydo bo'ladi. Hatda qayd etilgan foydalanuvchi pochtasi "Kimga" maydonida avtomatik holda qo'shiladi (agarda uning kontakti manzillar kitobiga kiritilgan bo'lsa). Hatdagi insonlar nomi ko'k rang bilan ajratilgan bo'ladi, qabul qilinuvchi qutidagi jo'natmalar topish oson bo'lishi uchun bayroqlar bilan belgilangan.

PowerPoint taqdimotlari endilikda zerikarli bo'lmaydi. Yangi Zoom funktsiyasi slaydlar orasidagi jarayonni yanada silliq va jadalroq qilishga, shuningdek, boshqa zamonaviy effektlar qo'shishga yordam beradi.

Bu qanday ko'rinishda bo'lishini quyidagi video orqali tomosha qiling:

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031