Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Terma jamoamiz “Borussiya D” U-23 bilan durang o‘ynadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 175           Дата: 18-07-2016, 11:36          
Terma jamoamiz “Borussiya D” U-23 bilan durang o‘ynadi

2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlarini Avstriyada o‘tkazmoqda.

2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlarini Avstriyada o‘tkazmoqda.

Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa “Borussiya Dortmund” klubining 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchichlaridan tashkil topgan jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, durang natija qayd etdi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar bermoqda.

17 iyul kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi kiritgan yagona golga Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Germaniyaliklar ham bir bora Nesterov qo‘riqlagan darvozani ishg‘ol qildi. Hisob 1:1 bo‘lib turgan bir vaqtda, Jamshid Iskanderov 11 metrlik jarima to‘pini golga aylantira olmadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Avstriyadagi yig‘ini 6 iyul kuni boshlangan va u 21 iyulga qadar davom etadi.
Ta’kidlash kerakki, ayni vaqtda O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2018 uchinchi saralash bosqichi oldidan Iroq hamda Yaman terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish borasida kelishuvi bor. Iroq bilan o‘tkaziladigan nazorat uchrashuvi 24 iyul kuni, Toshketdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Yamanga qarshi kechadigan nazorat o‘yini esa 24 avgustga belgilangan. Ushbu o‘yin ham “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Har ikki ucharshuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
17.07.2016, Avstriya.
O‘zbekiston – “Borussiya Dortmund” U-23 1:1

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov (Eldor Suyunov), Stanislav Andreyev (Aleksandr Merzlyakov), Azim Ahmedov, Kamoliddin Tojiyev (Ruslan Melzitdinov), Davron Xoshimov (Akmal Shorahmedov), Salamat Qutiboyev (Javohir Sohibov), Otabek Shukurov, Jasur Hasanov (Akrom Komilov), Marat Bikmayev (Sherzod Karimov), Jamshid Iskanderov (Doston Hamdamov), Eldor Shomurodov (Murodbek Bobojonov)


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн