Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yevro-2016ning kashfiyotchi terma jamoalari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 112           Дата: 13-07-2016, 11:04          
Yevro-2016ning kashfiyotchi terma jamoalari

Yakunlangan Yevropa chempionati juda qizg‘in ravishda yakuniga yetdi. Mazkur musobaqada bir qator terma jamoalar sensatsiya ko‘rsatib, turnir qahramonlariga aylandi. Quyida e’tiboringizga mana shunday jamoalar xususida so‘z yuritamiz.

Vengriya


Bilasizmi, mazkur Vengriya terma jamoasi Yevropa Chempionatiga chiqqanida ko‘pchilik ularni tasodifan yo‘llamaga ega bo‘ldi degandi. Vengrlar Yevro-2016da ham fantastik o‘yin ko‘rsata oldi. Guruhdan eson-omon chiqdi. To‘g‘ri, “pley-off” esa omadsizlikga duch keldi. Baribir guruhda Portugaliya, Avstriya, Islandiya kvartetida omadi yurishib, chiqishdi. Belgiya bilan bo‘lgan “pley-off”da esa Vengriya 4:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yib, musobaqani tark etdi. E’tiborlisi, mamlakat halqi ularni chempionlardek kutib oldi. Katta miqdorda bonus pullari ulashdi.

Islandiya

Vulqon va ko‘llardan iborat bo‘lgan Islandiyani omadini juda yurishdi. Kichik mamlakat Yevro-2016ning “o‘lim” guruhiga duch kelgandi. Lekin ular matonatli futbol ko‘rsatishi bilan maqsadiga erishdi. Portugaliya bilan kechgan o‘yinda islandlar hech nimadan qo‘rqmasdan, durang natija ko‘rsatishdi. Angliya bilan “pley-off”da juda yaxshi va tartibli o‘ynadi. Nomdor raqibini tor-mor keltirib, kelasi bosqichga chiqishni uddasidan chiqdi. Islandiya musobaqadagi yurishi to‘xtatgan taqdirida ham, mamlakat rahbarlari tomonidan juda katta miqdorda mablag‘ ajratishlari kutilmoqda.

Xorvatiya

Matonatli terma jamoa bo‘lgan Xorvatiya ham musobaqada juda yaxshi yurishni amalga oshirdi. Shaxmatchilar nomi bilan tanilgan Xorvatiya xuddi mazkur sport turidagi kabi ehtiyotkorlik bilan yurishlarni amalga oshirishlari oqibatida guruhdan keyingi bosqichga chiqishni uddasidan chiqdi. Guruhda “yengilmas armada” nomi bilan tanilgan Ispaniyani tor-mor keltirdi. Xorvatiya termasi sardori Dario Srnaning otasi vafot etganiga qaramay, futbolchi juda matonatli harakatlari bilan musobaqa to‘p surdi. Portugaliyaga qarshi “pley-off”dagi bahsda penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Butun futbolchilar maydon uzra ko‘z yoshlarini to‘kishdi. Shunga qaramay, dunyo futboli ixlosmandlari Xorvatiyaning matonatiga tan berdi.

Uels

Garet Beyl boshchiligidagi Uels termasi ham musobaqaning favoritiga aylandi. Dastlab bu terma jamoani uzoqqa bora olishini hech kim taassavur qilmgandi. Lekin Uels shu darajada o‘yin ko‘rsatdiki, guruhdan chiqdi. “Pley-off”da ham ishonchli o‘yin namoyon qildi. Bir so‘z bilan aytganda, uelsliklar Yevro-2016ning haqiqiy kashfiyotchi terma jamoasiga aylana oldi.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн