Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yevro-2016ning omadsiz terma jamoalari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 115           Дата: 13-07-2016, 11:04          
Yevro-2016ning omadsiz terma jamoalari

Fransiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati o‘zining qizg‘in va murosasiz bahslari bilan yodda qoldi. Shuningdek, sensatsiyalar ham bo‘lib turdi. Quyida e’tiboringizga mazkur musobaqada omadsizlikga duch kelgan terma jamoalar xususida so‘z yuritamiz.

Rossiya


Chempionat oldidan Rossiya terma jamoasining imkoniyatlari juda yuqori baholangandi. Ko‘pchilik mazkur terma jamoani kelasi bosqichga chiqishini taxmin qilgandi. Angliya, Uels, Slovakiya bilan bitta kvartetda joy olgan Rossiya kutilmaganda so‘nggi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Leonid Slutskiy shogirdlari Angliya bilan o‘yinda 1:1 hisobini qayd etgandi. Keyingi ikki turda esa omadsizlikga duch kelishdi hamda so‘nggi o‘rin bilan cheklanishdi. Bu esa Rossiyani Yevro-2016ni barvaqt tark etishiga sabab bo‘ldi. Mutaxassislar ham Rossiyani bunday omadsizlik ko‘chasiga kirib qolishini kutmaganligini ma’lum qildi.

Shvetsiya


Bu terma jamoani doimo favoritlar qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Lekin Zlatan Ibragimovich boshchiligidagi Shvetsiya ko‘pchilikni nazarida, guruhdan chiqa olishlari kutilgandi. Ming afsuski, ular o‘ylagan ishlar amalga oshmadi. Terma jamoa guruhdayoq qolib ketdi. Italiya, Irlandiya, Belgiya bilan bitta guruhda joy olgan mazkur terma jamoa omadsizlikga yo‘liqdi hamda musobaqani tark etdi. Shvetsiya futboli yuragi bo‘lgan Zlatan Ibragimovich esa terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.

Ispaniya


Amaldagi Yevropa chempioni bo‘lgan Ispaniya ham omadsizlikga duch keldi. To‘g‘ri, ular guruhdan chiqish vazifasini amalladi. Lekin Xorvatiyaga qarshi guruhning 3-turida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu qarama-qarshilikda ispanlarning ojiz nuqtalari ko‘zga tashlandi. “Pley-off”da esa Ispaniya Italiya to‘sig‘iga duch keldi. Qiziqarli bo‘lgan o‘yinda omad Italiyaga kulib boqdi. Amaldagi chempion o‘z unvonini muddatidan oldin topshirdi. Turnir favoriti sifatida qaralgan Ispaniyaning omadsizligiga turli bahonalar topildi. Bosh murabbiy hamda darvozabon David De Xeani xatolari sabab qilib ko‘rsatildi.

Angliya

Mazkur terma jamoa doimo muammolar ko‘chasidan chiqa olmay kelgan. Angliya yirik turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok eta olmaydi. Frnsiyadagi musobaqada ham inglizlar guruhdan amallab chiqdi. Rossiya, Slovakiya bilan durang, Uelsni omad tufayli mag‘lub qilgan holda, “pley-off” bosqichiga yo‘l oldi. Eng yomoni shuki, Islandiya bilan “pley-off”da ingliz o‘ta omadsiz o‘yin ko‘rsatdi. Islandiya irodali futboli bilan nomdor raqibini yer tishlatgan holda, kelasi bosqichga chiqishni uddasidan chiqdi. Angliya yana doimgidek musobaqani erta yakunladi. Darhol terma jamoa ustozi Roy Xodjson vazifasidan ozod etildi.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031