Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Navbahor - Andijon 2:0. G‘alabasiz seriyaga barham berildi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 259           Дата: 2-07-2016, 00:14          
Navbahor - Andijon 2:0. G‘alabasiz seriyaga barham berildi

Bugun O‘zbekiston chempionati 15- tur bellashuvlari doirasida "Navbahor" o‘z maydonida "Andijon" klubi bilan o‘zaro kuch sinashdi. Birinchi davraning so‘nggi o‘yinini "lochinlar" ishonchli g‘alaba bilan yakunlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Uchrashuv to‘laligicha "Navbahor" jamoasi ustunligida o‘tdi. Andijonliklar darvozasi oldida yaratilgan ketma-ket vaziyatlar 20- daqiqaga kelib o‘z samarasini keltirdi. Tohir Shamsitdinovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng bosh hakam jarima zarbasini belgiladi. Bahritdinov standart vaziyatni amalga oshirgach Dilshod Jabborov uchrashuvda hisobni ochdi, 1:0.

Oradan bir daqiqa o‘tgach "lochinlar" hisobni o‘zgartirishdi. Tohir Shamsitdinovning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pini A’zam Aliev boshi bilan Xo‘jaev qo‘riqlagan darvozaga joylab qo‘ydi, 2:0. Aliev taym oxirida "dubl"ni rasmiylashtirishi mumkin edi, biroq raqib himoyachilari bunga yo‘l qo‘yishmadi.

Uchrashuvning ikkinchi yarmida futbolchilarimiz xotirjamlikka berilishdi. "Andijon" darvozasi oldida yaratilgan hujumlar esa ko‘pincha noaniq zarbalar bilan yakun topaverdi. 58- daqiqada Akram Bahritdinovning kuchli zarbasini Xurshid Xo‘jaev qaytarganini ta’kidlash lozim.

Andijonliklarda ham hisobni qisqartirish uchun bir nechta qulay imkoniyatlar vujudga kelgandi. Masalan Bobur Akbarovning zarbasini Ortiqov qaytardi. Keyingi vaziyatda Abdumalik Abdullaev yaqin masofadan boshi bilan darvozani ishg‘ol eta olmadi. Shu tariqa "Navbahor" "Vodiy derbisi"ni ishonchli g‘alabaga erishdi. Bugungi natijadan so‘ng jamoamizning 5 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘yildi.

«Navbahor» – «Andijon» - 2:0 (2:0). 1 iyul. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh. 3277 tomoshabin.
Hakamlar: Z. Qodirov - 8,5, A. Sidorov - 8,3, D. Saylalov - 8,3, R. Kopadze - 8.
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
«Navbaxor»: 25. Akmal Ortiqov, 4. Hayrulla Karimov, 7. Akram Bahritdinov, 9. Dilshod Jabboro (10. Alisher Mahmudov, 69), 15. Obid Jo‘raboev, 17. Vladislav Pavlenko, 21. A’zam Aliev, 22. Sardor Azimov (70. Alibobo Rahmatullaev, 60), 29. Igor Golban, 33. Tohir Shamsitdinov, 77. Oleksandr Pishur (11. Muydin Mamazulumov, 80).
“Andijon”: 46. Xurshid Xo‘jaev, 3. Davron Tursunov, 5. Iqbol Boboxonov, 6. Ibrohim Otaxonov, 10. Anvar Berdiev, 13. Rustam A’zamov, 14. Islombek Isoqjonov (11. Abdumalik Abdullaev, 46), 17. Timur Vasilev, 18. Farhod Bekmurotov, 26. Baxtiyor Qosimov, 89. Bobur Akbarov.
Gollar: D. Jabborov (20), A. Aliev (21).
Ogohlantirishlar: T. Shamsitdinov (7), A. Bahritdinov (9), V. Pavlenko (82) – I. Boboxonov (26), I. Otaxonov (45+2).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Апрель 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
    3456789
    10111213141516
    17181920212223
    24252627282930