Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Mashhur animator Umar Momanidan eksklyuziv intervyu

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 432           Дата: 1-07-2016, 20:05          
Mashhur animator Umar Momanidan eksklyuziv intervyu

MungzMedia portali muxbiri mashhur karikaturachi rassom Umar Momanidan eksklyuziv intervyu oldi. Iordaniyalik animator ushbu yo‘nalishga kirib kelishi, o‘zining yoqtirgan qahramonlari va kelajakdagi rejalari haqida gapirib berdi. E’tiboringizga ana o‘sha intervyuni va Momanining yangi ijod namunalarini taqdim etamiz.

— Animator va karikaturachi rassom bo‘lishingizga nima turtki bergan?

— Miki Maus, Papay, Tom va Jerri kabi multqahramonlar bolaligimdan mening eng yaxshi do‘stlarimdir. Shu multfilmlarni ko‘rar ekanman, ular real hayotda bor deb o‘ylaganman. Keyin ota-onam shunchaki multfilm ekanini aytishgach, men ham shunday animator bo‘laman, deb qaror qilganman.
Mashhur animator Umar Momanidan eksklyuziv intervyu

— Siz Goal portali bilan ishlaysiz. Dunyoga mashhur brendlar qiyofasini chizishda ortiqcha bosimni sezmaysizmi?

— Men azaldan animatsiya va futbol ishqiboziman. Goal portali esa bu ikki yo‘nalishni birga olib borishim uchun yaxshi imkoniyat taqdim etdi. Boshida mahalliy va xalqaro miqyosda faoliyat yuritish biroz qiyin bo‘ldi. Ommaning futbol karikaturalarga nisbatan reaksiyasi meni ozroq bosim ostida ushlab turishi aniq edi va e’tirozu tanqidlarni qabul qilishga tayyor edim.

— Chizishni boshlaganingizdan keyin eng yaxshi va yomon narsa nima bo‘lgan?

— Eng yaxshi narsa — o‘zim huzurlanadigan ishim bilan mashg‘ulligim bo‘lgan. Eng yomoni esa futbolchilarning muntazam ravishda soch turmaklarini o‘zgartirishi edi. Chunki ularning qiyofasini chizishda qiynalardim.
Mashhur animator Umar Momanidan eksklyuziv intervyu

— Bu ishni boshlaganingizda nimalardan yoki kimlardan ilhom olgansiz?

— Karikatura mavzularini futbol yangiliklari, tarixiy voqealar, musiqa, filmlardan ilhomlanib topardim. Shuni ham alohida qayd etishim kerakki, Goal portalidagi hamkasblarim yangi g‘oyalar taqdim etishda ancha faollik ko‘rsatishgan.

— Dizaynerlar, animatorlar, rassomlar, illyustrator va hokazolar o‘zlaridan ko‘ra yaratgan ishlari mashhurroq degan iboraga qanday qaraysiz?

— Ha, bu bor gap. Ba’zida karikatura muallifini unutib ham qo‘yishadi. Menimcha, odamlar karikaturalarni yaxshi ko‘rishadi va ko‘pincha uning muallifiga e’tibor berishmaydi. Animatsiya sanoatida animatsiya animatordan ko‘ra ko‘proq mashhurlik olib keladi.
Mashhur animator Umar Momanidan eksklyuziv intervyu

— Animatsiya chizishdan boshqa biror mashg‘ulotingiz bormi? Masalan, sportga qiziqasizmi?

— Sport bilan shug‘ullanishga intilaman, ammo vaqt yo‘q. Men ko‘proq rok yo‘nalishidagi musiqalarni yoqtiraman. Frank Sappa, David Boui va Lou Ridning ashaddiy ishqiboziman. Afsuski, ular olamdan o‘tib ketishgan.

— Sizga eng yoqqan animatsiya qahramoni qaysi?

— Papay — mening eng sevimli obrazim. Bu obraz o‘ziga xos tarzda yaratilgan.

— Hozirda yetishib chiqayotgan yosh animatorlarga qanday maslahatlar bera olasiz?

— Yaxshi animator bo‘lish uchun har kuni ko‘proq chizish, mashq qilish va mahoratini oshirib borish juda muhim. Shuningdek, animatsiya tarixini, uning rivojlanish bosqichlarini puxta o‘rganib, o‘zlashtirish kerak.

— So‘nggi savol: kelajakdagi rejalaringiz qanday?

— Qisqa metrajli animatsion film va komik kitob yaratishni reja qilib yuribman. Uning ichida, albatta, sport mavzusi ham bo‘ladi.

Manba: telegraf.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн