Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sports.ru "Nasaf" - "So‘g‘diyona" o‘yini kelishilgan o‘yin bo‘lganini bildirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 390           Дата: 1-07-2016, 00:09          
Sports.ru "Nasaf" - "So‘g‘diyona" o‘yini kelishilgan o‘yin bo‘lganini bildirdi

Sports.ru sayti blogeri O‘zbekiston chempionatining yana bir uchrashuvi kelishilgan bo‘lganini taxmin etdi, deyiladi "Kun" nashrida.

Saytdagi «Uzbekskaya kuxnya» nomida faoliyat yuritadigan blog o‘zbek futboli haqidagi tahliliy materiallarni berib boradi. Uning navbatdagi sonida jurnalist Yevdokim Raimovning "Hamma yo‘llar Qarshiga olib boradi" nomli posti e’lon qilindi. Unda 26 iyun kuni Oliy liganing 14-turi doirasida Qarshi shahrida mahalliy "Nasaf" va Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoalari uchrashuvi tahlil qilingan.

Uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan va bu natijadan keyin "Nasaf" turnir jadvalining uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan. O‘yinning birinchi bo‘limida qarshiliklar 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgan. Oxirgi 10 daqiqalik boshlanganida esa 1 gol o‘tkazib yuborilgan.

Quyida Yevdokimovning ushbu uchrashuv bo‘yicha mulohazalari bayon qilingan post tarjimasi keltiriladi.

12 mart kuni blogimizda «So‘g‘diyona» klubi matbuot xizmati «Chempion» gazetasini sudga bermoqchi ekani haqida yozgan edik. Gap shundaki, gazeta «Boshlab berarkansizlarda» sarlavhasi bilan «Metallurg» hamda «So‘g‘diyona» klublari ishtirokidagi o‘yinning toza o‘tmasligiga ishora qilgan. Biroq klub «Chempion»ni sudga bermadi va klub matbuot xizmati bu nashrga bosim o‘tkazishni bas qildi. Chunki o‘sha o‘yin rostdan ham barcha «taxmin»larni oqladi.

«So‘g‘diyona» jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziyev uchinchi marta bizning blogimiz mehmoni bo‘lmoqda. 2014 yilda ham uning «o‘yin»lari haqida gaplashgan edik. E’tibor bering, «So‘g‘diyona» birinchi davrada «Metallurg» va «Navbahor» mehmoni bo‘lib bir xil 2:4 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi davrada esa har ikki jamoani 5:4 hisoblari bilan mag‘lub etdi.

BU BIRINChIDAN
Blog o‘quvchilarining 63 foizi fikricha, O‘zbekiston chempionatining joriy mavsumi birinchi turidan o‘rin olgan «Metallurg» hamda «So‘g‘diyona» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin kelishilgan. Chunki o‘yin davomida futbolchilar o‘zlarini g‘alati tutishgan. Mish-mishlarga qaraganda «So‘g‘diyona» murabbiyi o‘zining g‘alabasiga «tikkan».

BU IKKINChIDAN
Endi bugunning gapiga o‘tamiz. 26 iyun kuni «So‘g‘diyona» Qarshida «Nasaf» mehmoni bo‘ldi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bir qarashda yetakchilardan birining kutilgan g‘alabasi, lekin kiritilgan gollar o‘yinning u qadar toza o‘tmaganini ko‘rsatadi.

Birinchidan. Bu o‘yinda mehmonlar darvozasini Timur G‘aniyev qo‘riqladi. Bizning eski qadrdonimiz «Nasaf»ning hujumi vaqtida to‘pni ushlab oldi va «kutilmaganda» uni oldidagi raqib hujumchisi oldiga tashlab berdi. Bundan foydalangan Deyan Bolevich osonlik bilan gol urib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga yetkazdi.
Eng asosiysi. G‘aniyev sakkizinchi turdan buyon asosiy tarkibdagi o‘rnini boy bergan edi, lekin kechagi o‘yin oldidan jamoaning asosiy darvozaboni Muzaffar Abdullayev «kutilmaganda» betob bo‘lib qoldi.

Ikkinchidan. «Nasaf» himoyasi.
Kecha «Nasaf»ning uch nafar asosiy himoyachisi Maqsud Karimov, Sherzod A’zamov va Shuhrat Muhammadiyev maydonga tushmadi. Ularning hech birida jarohat yo‘q edi. «Nasaf»ning chempionlar ligasida o‘yini bormidi? Yoki Yevroda? Yo‘q. To‘rtinchi sariq kartochkani olish xavfi ham yo‘q edi. «So‘g‘diyona»ning yagona goliga Farrux Shotursunov mualliflik qildi. Bir qarashda oddiy qarshi hujum, lekin darvozabon yaqin burchakka yo‘llangan kuchsiz zarbani o‘tkazib yuborgan.
Xulllas mana shunaqa gaplar...


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн