Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Messining ko‘z yoshlari (video)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 651           Дата: 30-06-2016, 20:00          
Messining ko‘z yoshlari (video)

Argentina terma jamoasi Amerika kubogi finalida penaltilar seriyasiga ko‘ra Chili termasiga mag‘lubiyatga uchrab, chempionlikdan quruq qoldi. Hammadan ham hujumchi Lionel Messiga qiyin bo‘ldi, deb yozadi "Telegraf.uz" sayti.

Ha, afsonaviy futbolchi klubdagi faoliyatidan farqli o‘laroq, vatani terma jamoasi bilan aytarli yutuqqa erisholmadi. Balki omad yetishmagandir, ehtimol jamoaviy o‘yin va muhitda muammolar bordir. Bir nima deyish qiyin. Ammo finaldan keyin Messi rostmona yig‘ladi. Vataniga naf keltirolmagani uchun kuyundi. Shaxsiy manfaatlarini ustun qo‘ymadi, bayrog‘ining baland ko‘tarilishini istagani sezildi.

Omad Messiga kulib boqmadi. Maradona bilan solishtirish kerak emas. Uning zamoni ham, futboli ham boshqa edi. Lekin Leoning ko‘z yoshlari har qanday qalblarni larzaga keltirdi. U vatan uchun nimadir qila olish va yoki hech nima qila olmaslik orasidagi farqni ko‘rsatib berdi. Kimsan Leo Messi o‘z vatani uchun foyda keltirolmaganidan afsuslanib yig‘ladi.

Buni Messiga achinish deb qabul qilmang. U bizning achinishimizga muhtoj emas. Ichki hissiyotini his eting. Qaniydi futbolchilarimiz ham finalgacha borolmagan paytda shu qadar vatanparvarlik bilan yig‘lasa... U vatanimni sevaman, uning uchun hamma narsaga tayyorman, deb jar solmadi aslo. Indamadi hatto. Yordam ham berolmadi. Biroq vatani uchun to‘kilgan ko‘z yoshlari orqali millionlab argentinaliklar, milliardlab insonlar qalbini yana bir karra larzaga soldi va ta’bir joiz bo‘lsa, zabt etdi.

Yevro-2016 musobaqasini olaylik. Madhiyani qoyillatib ijro etishda italyanlarga teng keladigani haligacha topilmaydi. Kechagi Ispaniyaga qarshi o‘yinda ham butun stadion faqat madhiyani kuyladi. Ularni hech kim majburlamadi, hammasi vatanparvarlikdan, vatan uchun naf keltirishga qilinayotgan harakatlardan darak berib turibdi.

Yana Messiga qaytamiz va uning ham terma jamoaga qaytishini istaymiz. U hali vatani uchun kerak. Hissiyotlar va jahl chiqqandagi qaror hisobga o‘tmaydi. Uning ko‘z yoshlari endi faqat xursandchilikdan to‘kilishini tilaymiz. Omad senga, Leo!



Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн