Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Avraam Grant: O‘zbekistonni Jahon chempionatida ko‘rsam ajablanmayman, ammo bu osonlikcha bo‘lmaydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 197           Дата: 29-06-2016, 20:03          
Avraam Grant: O‘zbekistonni Jahon chempionatida ko‘rsam ajablanmayman, ammo bu osonlikcha bo‘lmaydi

Lill shahrida bo‘lib o‘tgan Germaniya hamda Slovakiya terma jamolari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin biz taniqlik futbol mutaxasissisi, Londonning "Chelsi" klubi sobiq va Gana milliy terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Avraam Grant bilan ko‘rishdik.

Ushbu mutaxassis o‘z paytida Isroil termasini, "Portsmut", "Vest Xem", "Partizan" kabi klublarini boshqargan. Ayni paytda u Gana termasini bosh murabbiyi hisoblanadi.

U bilan bundan ikki yil avval Braziliyada ham uchrashgandik. O‘shanda Grant o‘zbekistonlik ishqibozlar intervyu berib, ko‘p narsalarni aytgandi.

O‘sha suhbat yodga olindi va bu safar ham FUT.uz sayti uchun u eksklyuziv intervyu berdi.

- Mister Grant, salom. O‘zbekiston matbuoti uchun qisqagina fikrlaringiz bilan o‘rtoqshasizmi?
- Marhamat. Sizni tanidim, biz siz bilan Braziliyada ham ko‘rishgandik. Ishlar yaxshimi? Mamlakatingiz futboli o‘syaptimi?

- Rahmat, bizda yomon emas. Keling, Osiyo futboli haqida gaplashaylik. Mana masalan, Xitoyda milliy chempionatga judda katta pullar sarflanyapti. Aytingchi, ularning samarasi keyinchalik bo‘ladimi? Demoqchimanki, bu narsa milliy terma jamoa o‘yiniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadimi?
- To‘g‘ri, pullar ko‘p narsani hal qiladi. Lekin, shu pullarni aql bilan ishlatish kerak. Pulni avvalam bor akademiyalarni rivojlantirishga sarflash lozim. Bolalar futbolini yaxshilash kerak. Eshityapmiz, hozirda Xitoy chempionatiga kuchli futbolchilar ketmoqda. Bundan Xitoy chempionati ommalashadi va kuchayadi.

- Gapingizga qo‘shilaman, bizda ham Skolarilar ishlab ketgan. Rivaldolar o‘ynagan. Ularga anchagina mablag‘ sarflangan...
- Shuning uchun aytyapmanku, mablag‘ni futbol klublari qoshidagi akademiyalarga sarflash zarur. Uning mevasi kelajakda albatta bo‘ladi.

- O‘zbekiston futboliga kelsak: bizning terma jamoa hamisha Jahon chempionatlari saralashining so‘nggi bosqichigacha yetib keladi. Bu safar ham o‘tgan saralashlarni yaxshi yakunlab oldik va eng muhim bosqich oldida turibmiz. Aytingchi, JChga chiqish uchun buyog‘iga nima qilish kerak?
- Avvalambor, terma jamoada sifatli futbolchilar bo‘lishi kerak. Maydonda yetakchi o‘yinchingiz bo‘lishi shart. Undan keyin esa mentalitet turadi. Futbol mentalitetini yaxshilamay turib, katta yutuqlarni orzu qilmasayam bo‘ladi.

- Agar O‘zbekiston termasini JCh-2018da ko‘rsangiz ajablanmaysizmi?
- Nega ajablanar ekanman?! Hozirgi futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. O‘zingiz aytyapsizku, JChning muhim bosqichigacha yetib keldik, deb. Demak, terma jamoangiz ham shunga yarasha saviyaga ega. O‘zbekiston termasida hozir kim bosh murabbiylik qilmoqda?

- O‘zbekiston termasini o‘zimizdagi milliy mutaxassislardan biri bo‘lgan Samvel Babayan boshqarmoqda.
- Bilmadim, oson bo‘lmaydi, albatta. Harakat qilsanglar eplash mumkin, ammo juda qiyin bo‘ladi. Horijdan qo‘shimcha resurs olishingiz shart. Hech bo‘lmasa chetdan kuchliroq maslahatchi-murabbiy bo‘lishi lozim.

Men milliy kadrlaringizni kamsitmayapman, ammo JChga chiqish siz o‘ylagancha oson ish emas. Har qanday termani faqat juda kuchli mutaxassislargina mundiallarga boshlay oladi. Har xil chempionatlar va termalarni ko‘rgan mutaxassislarning maslahati zarur. Albatta, buyog‘iga nima qilishni o‘zingiz hal qilasiz. Men shunchaki o‘z qarashlarimni aytdim. O‘zbekiston termasiga esa, omad tilayman.

- Suhbatingiz uchun rahmat!
- Sog‘ bo‘ling!

Manba: www.fut.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн