Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yevro-2016: Islandiya Angliyani yengdi va turnir chorak finalida Fransiyaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 86           Дата: 28-06-2016, 10:56          
Yevro-2016: Islandiya Angliyani yengdi va turnir chorak finalida Fransiyaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi

Islandiya terma jamoasi Yevropa chempionatining nimchorak finalida Angliya bilan uchrashdi. Nitssa shahridagi «Alyans Rivera» stadionida kechgan uchrashuvda inglizlar 1:2 hisobida yutqazdi, deyiladi "Kun" nashrida.

Uchrashuv boshida Rahim Sterlingga nisbatan jarima maydonida qo‘pollik ishlatilgach, o‘yin hakami Damir Skomin 11 metrli nuqtani ko‘rsatdi. Nuqtaga yaqinlashgan Ueyn Runi Xannes Xalldorson darvozasini ishg‘ol qildi - 1:0.

Bu goldan 90 soniya o‘tib Kari Arnason Hart darvozasi tomon to‘p uzatdi, to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Ragnar Sigurdsson hisobni tenglashtirdi.

Birinchi bo‘lim o‘rtasida Yon Dadi Bodvarsson Kolbeynn Sigtorssonni ajoyib pas bilan ta’minladi va u kuchsiz zarbasi bilan Jo Hartning chap burchagini ishg‘ol qildi - 1:2.

Uchrashuvda hisob boshqa o‘zgarmadi va Angliya Yevro-2016 turniridagi ishtirokini yakunladi. Islandiya turnirning chorak finalida mezbon Fransiyaga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 3 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Angliya – Islandiya 1:2
Gollar: 1:0 – 4, penalti Runi, 1:1 – 6 Sigurdsson, 1:2 – 18 Sigtorsson.
Angliya – Hart, Keyxill, Rouz, Uoker, Smolling, Alli, Dayer (Uilsher, 46), Sterling (Vardi, 60), Starridj, Keyn, Runi (Reshford, 86).
Islandiya – Xaldersson, Sigurdsson, Skulason, Sevarsson, Arnason, Gudmundsson, Sigurdsson, Gunnarsson, Byarnason, Sigtorsson (Byarnason, 77), Bedvarsson (Traustason, 89).
Ogohlantirishlar: Sigurdsson (38), Starrij (47), Gunnarsson (65).

Angliya - Islandiya (1:2) uchrashuvi statistikasi:

Zarbalar: 18-8
Aniq zarbalar: 5-5
Noaniq zarbalar: 10-3
To‘silgan zarbalar: 3-0
Darvoza ustuni/to‘sini: 0-0
Burchak zarbasi: 7-2
Offsayd: 2-1
To‘p bilan muomala qilish: 63%-37%
To‘p uzatmalar: 529-254
Aniq to‘p uzatmalar: 445-172
Himoyadagi muvaffaqiyatli harakatlar: 37-49
Qoida buzishlar: 6-15
Ogohlantirishlar: 1-2
Chetlatishlar: 0-0



Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн