Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Lionel Messi – “Atomli burga” 29 yoshni qarshiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 958           Дата: 24-06-2016, 18:54          
Lionel Messi – “Atomli burga” 29 yoshni qarshiladi

Jahon futbolida barmoq bilan sanaladigan futbolchilar borki, ular nomi tarixga muhrlanadi. Ularning hamma davrlarda o‘z muxlislari bor. Ularni yosh futbolchilarga namuna qilib ko‘rsatadilar. Bunday futbolchilar orasida argentinalik mashhur charm to‘p ustasi Lionel Messi yorqin yulduzdek porlab turadi. Bugun Leoning tug‘ilgan kuni. U 29 yoshni qarshi oldi. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.

Shu munosabat bilan sizning e’tiboringizga Leo haqida bir qator qiziqarli faktlarni havola etamiz.

Bolalikda Messiga maktab o‘quvchilaridan farqli ravishda, futbol mashg‘ulotlarini qoldirish keskin man etilgan. “Menga maktabda sayr qilib yurish kerak emas edi. Agar darsga borgim kelmasa, oyimga mashg‘ulotga yaxshiroq tayyorlanish uchun ko‘proq uxlashim kerakligini aytardim. U doim rozi bo‘lar edi”, deydi Leo.

Messining bo‘yi 169 santimetrni tashkil etadi, ammo u bolalikda juda kichkina bo‘lgan. Shuning uchun unga shifokorlar bo‘y o‘stirishga yordam beruvchi garmonlar tanqisli tashxisini qo‘ygan. Agar Leo bolaligida bo‘y o‘stiruvchi vitaminlar qabul qilmaganda, uning bo‘yi hozirda 140 santimetr bo‘lardi.

Lionel 11 yoshga kirganda, uning iste’dodiga Argentinaning grand jamoalaridan biri “River Pleyt” qiziqib qoladi. Ammo klub uning davolanishi uchun oyiga 900 AQSh dollari berishni xohlamaydi.

“Barselona” klubining sport direktori Karles Reksach okean ortidagi davlatda iqtidorli yosh futbolchi borligini eshitib, Messini ko‘rikka chaqiradi va u bilan darhol shartnoma imzolaydi. Shartnomda Messining davolanishi bilan bog‘liq xarajatlarni klub qoplashi haqida aytib o‘tiladi.

2005 yilning avgust oyida Argentina terma jamoasi Vengriyaga qarshi uchrashuvda Messi ilk bor milliy jamoa uchun zahiradan maydonga tushdi, ammo ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas, qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Messi Paragvay termasiga qarshi uchrashuvda redebyut qiladi.

Messining laqabi – La Pulga Atomica, ya’ni “atomli burga”. Bundan tashqari, uni Maradonita, Messilona deb ham ataydilar.

Messi gol urganida nimaga osmonga qarab nishonlashi haqida gapirib bergan: “Men har bir golimni buvimga bag‘ishlayman. Aynan u otamga meni futbolga olib borishni maslahat bergan. Lekin, buvim mening muvaffaqiyatimni ko‘rmayapti. U haligacha menga va mening oilamga yordam bermoqda”.

2012 yil davomida “Barselona” klubi deyarli 1.15 million futbolka sotadi, shulardan 850 mingtasi 10 raqamli futbolkalar bo‘lgan.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Март 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    2728293031