Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Fotih Terim: «Agar guruhdan chiqsak, Yevro-2008dagi natijani takrorlashimiz mumkin»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 179           Дата: 23-06-2016, 00:19          
Fotih Terim: «Agar guruhdan chiqsak, Yevro-2008dagi natijani takrorlashimiz mumkin»

Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fotih Terim Chexiya ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz kecha juda og‘ir vaziyatda edik. Bugun kelajakka optimistik nazar bilan qaramoqdamiz. Agar guruhdan chiqsak, Uels bilan uchrashamiz. Umid qilamizki, bu amalga oshadi.

Men avvalgi turlarda bir necha xatolarga yo‘l qo‘ydim. Bugun o‘sha uchrashuvlardan farqli ravishda juda yaxshi o‘ynadik. Hatto ko‘proq gol urib, pley-off yo‘llanmasini kafolatlab qo‘yishimiz ham mumkin edi. Bizni ko‘p tanqid qilishdi, ruhan qiyin ahvolga tushib qolgandik. Chexlarga qarshi o‘yinda xarakter namoyish etib, g‘alabaga erishdik. Yigitlar ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishdi.

Bir soniyaga bo‘lsa ham chexlar xorvatlarga qarshi o‘yinda 0:2 hisobini durangga aylantira olishganini yoddan chiqarmadik. Biz ularga hujum qilishga yo‘l bermadik. 3-4-3 sxemasi bu o‘yin uchun juda mos edi.

Men ko‘rsatgan o‘yinimizdan qoniqish hosid qildim. Agar yo‘lni davom ettirsak, Yevro-2008 turniridagi natijani (yarim final – tahr) takrorlashimiz mumkin.

Ba’zi muammolar qolmoqda, lekin ularni bartaraf etish endi osonroq. Bizga jamoaviy ruh qaytgan. Lekin agar nimchorak finalga chiqa olmasak, bu juda qayg‘uli bo‘ladi», – degan Fotih Terim.

Turkiya terma jamoasi D guruhida 3-o‘rinni egalladi. Guruhlarda 3-o‘rin egalaridan eng yaxshi natijalarga ega bo‘lgan 4ta jamoa keyingi bosqichga o‘tadi. 3-turdan keyin V guruhidan Slovakiya 4 ochko bilan va S guruhidan Shimoliy Irlandiya to‘plar nisbati yaxshiligi evaziga keyingi bosqichga chiqib bo‘ldi.

A guruhida 3-o‘rinni egallagan Albaniya va D guruhida 3-o‘rinni egallagan Turkiyada 3tadan ochko bor. Albaniyada to‘plar nisbati (1-3), Turkiyada (2-4).

Bugun Ye va F guruhlarida 3-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.



Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031