Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yevro-2016. Angliya va Slovakiya o‘yinida hisob ochilmadi va inglizlar guruhda 2-o‘rinni egalladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 109           Дата: 22-06-2016, 00:04          
Yevro-2016. Angliya va Slovakiya o‘yinida hisob ochilmadi va inglizlar guruhda 2-o‘rinni egalladi

Angliya va Slovakiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda inglizlar katta tashabbusga ega bo‘lishdi. Biroq Slovakiyaning metin himoyasini yorib o‘ta olishmadi. Natijada Angliya guruh jadvalida Uelsni oldinga o‘tkazib yuborib, 2-o‘rinni egalladi, deyiladi "Kun" nashrida.

Birinchi bo‘limda Angliya hisobni ochish uchun bir qancha vaziyatlardan foydalana olmadi. 5-daqiqada Klayn o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, yolg‘iz o‘zi turgan Vardi tizzasi bilan zarba yo‘lladi, to‘p juda noaniq ketdi. Oradan biroz o‘tgach, yana Klayn to‘pni jarima maydoniga oshirganida, Vardi to‘pni boshi bilan Starrijga tashlab berdi. Starrijning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini himoyachi to‘sib qoldi

17-daqiqada Vardi darvozabon yakkama-yakka chiqib, zarba yo‘llaganida, darvozabon Kozachik to‘pni qaytara oldi!

Bo‘lim oxirida inglizlar yana bir vaziyatni qo‘ldan chiqarishdi. O‘ng qanotdan Klayn to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, yolg‘iz o‘zi turgan Lallana kuchli zarba yo‘lladi. Kozachik yana mahorat ko‘rsatib, to‘pni qaytara oldi!

Ikkinchi bo‘limda ham vaziyat o‘zgarmadi. Angliya katta kuch bilan hujumda, Slovakiya esa himoyada o‘ynadi.

54-daqiqada Starrij to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Klayn katta tezlikda kirib kelib, yaqin masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Himoyachi to‘p yo‘lini to‘sib qoldi

62-daqiqada Henderson o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Chap qanotdan kirib kelgan Dele Alli kuchli va aniq zarba yo‘llaganida, Shkrtel to‘pni qaytarib yubordi.

O‘yin yakunida Angliya xarchand urinmasin, raqib darvozasini ishg‘ol etolmadi. Natijada guruhda ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqdi. Slovakiya esa 4 ochko jamg‘arib, qolgan o‘yinlarning natijasini kutadigan bo‘ldi.

Slovakiya – Angliya 0:0 (0:0, 0:0)
Slovakiya – Kozachik, Shkrtel, Gubochan, Pekarik, Dyuritsa, Duda (Shvento, 57), Kutska, Mak, Gamshik, Vayss (Shkrinyar, 78), Pechovski (Domber, 67).
Angliya – Xart, Keyxill, Bertran, Klayn, Smolling, Xenderson, Dayer, Uilsher (Runi, 56), Lallana (Alli, 60), Starridj (Keyn, 76), Vardi.
Ogohlantirishlar: Pechovski (24), Bertran (52).


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн