Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Fransiya: madaniyat, moda, oshxona va futbol

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 171           Дата: 17-06-2016, 18:12          
Fransiya: madaniyat, moda, oshxona va futbol

Bundan 350 yil avval Fransua de Laroshfuko "Fransiyada hamma narsa bo‘lishi mumkin" deb aytib ketgandi. Bu haqda "Fut.uz" xabar berdi.

Darhaqiqat shunday ekan. Mamlakat madaniyatga, moda, oshxona san’ati va futbolga juda katta e’tibor qaratmoqda.

Ushbu davlatning maydoni 552 ming km kv hisoblanadi. Aholisining soni 66 million kishidan ziyod. Valyutasi - yevro.

"Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin", deb yozishgan XVII asradayoq. Fransuzlarning o‘zlari vatanlarini "Oltiqirra" deb atashadi. Darhaqiqat, bu davlat Janubiy va Shimoliy Yevropaning chegarasida joylashgan. Atrofida yettita davlat bilan chegaradosh hisoblanadi. Bundan tashqari La-Mansh bo‘g‘ozi ham shu mamlakat bilan yonma-yon joylashgan.

Aynan shu yerlarda - qaynab turgan "qozon"da dunyoning faylasuflari, madaniy va badiiy arboblari dunyoga kelgan. Mana shu jozibadorlik va ochiqlik mamlakatga kulfatlarni ham keltirib chiqardi. Bu yurt juda ko‘p urush va qirg‘inlarni boshidan o‘tkazdi.

Fransiya dunyoga bir qator buyuk madaniyat, sport, fan va siyosat arboblarini yetishtirib chiqardi. Sharl de Goll respublikachilarning ajoyib naminasi bo‘lgan. Viktor Gyugo, Jan-Jak Russo, Volter va Jan-Pol Sartrlar romantik adabiyotning vakillari bo‘lishgan. Pol Sezann va Klod Mone kabi rassomlar alohida mavzu.

Eng muhimi yirik sport musobaqalari - Olimpiada o‘yinlari, futbol bo‘yicha Jahon va Yevropa chempionatlari, Yevropa Chempionlar ligasining ildizlari shu yurtga kelib taqaladi.

Taomlar... nimadan boshlashni ham bilmaydi, kishi. Fransiyaning alohida xududlariga to‘xtalib o‘tmasdan shunchaki "bon appetit" iborasidan boshlasak bo‘ladi. Fransiyaning oshxonasi xuddi boy tabiati kabi yegulikka to‘ladir. Fua-gra, kassule, shukrut, buyabes, andulet ... bu nomlarni anchagacha keltirish mumkin.

Fransiyada eng keng tarqalgan va mashhur sport turi bu - futboldir. Bu yerda qariyb 2 milliondan ziyod litsenziyaga ega futbolchilar bor. Bundan tashqari, mamlakatda boy sport an’analari saqlanib qolgan. Regbi bo‘yicha Fransiya termasi 2011 yilda kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Gandbol bo‘yicha Olimpiya chempioni hisoblanishadi. Doimiy ravishda yuqori saviyali basketbolchilar, velo va motopoygachilarni yetishtirib chiqaradi. Tennis bo‘yicha "Rolan Garros" musobaqasini aytmasa ham bo‘ladi. Har yili o‘tkaziladigan "Tur de Frans" velopoygasida 12 million muxlis yig‘iladi.

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionati 1932/33 mavsumda professional bosqichga qadam qo‘ydi. "Reyms" jamoasi finalgacha yetib borib, faqatgina "Real"ga imkoniyatni boy bergan.

Birinchi Yevrokubokni 1993 yilda "Olimpik" jamoasi qo‘lga kiritgandi. O‘shada "Milan" jamoasi tasliq qilingan. XXI asrning birinchi o‘n yilligida "Lion" jamoasi yetti marotaba Fransiya chempionatini yutib olgan.

Fransiya futboli hech qachon mashhur o‘yinchilar tanqisligiga uchramagan. Bu yerda Dide Desham, Jan-Per Papen, Jyust Fonten, Lilian Tyuram, Zayniddin Zidan ... nomlarni juda ko‘p keltirish mumkin.

Ammo, uchta nom borki ular hamisha eng mashhurlar sifatida tilga olinaveradi. Ular Jyust Fonten, Raymon Kopa va Mishel Platinilardir. Ular so‘ng takrorlanmas Zizu tilga olinadi.

Mana shunday davlatda Yevro musobaqasi davom etmoqda va va qizg‘in pallaga kirib ulgurdi.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн