Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yevro-2016. Germaniya - Polsha o‘yinida hisob ochilmadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 663           Дата: 17-06-2016, 02:14          
Yevro-2016. Germaniya - Polsha o‘yinida hisob ochilmadi

Germaniya va Polsha terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hisob ochilmadi. Bu Yevropa chempionatidagi ilk golsiz o‘yin bo‘ldi. Bu haqda "Stadion.uz" xabar berdi.

Birinchi bo‘limda jamoalar ehtiyotkorona o‘ynadilar, iloji boricha himoyada xatoga yo‘l qo‘ymaslik haqida qayg‘urildi. Ustunlik Germaniya tomonda bo‘ldi. Ular bir qancha yaxshi imkoniyatlardan foydalan olishmadi.

4-daqiqada chap qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Mario Gyotse boshi bilan darvoza tomon yo‘lladi. To‘p noaniq ketdi. Oradan sal o‘tgach, Myuller chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Kroos yaqin masofadan darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi. Uning zarbasi ham noaniq bo‘ldi.

Shundan so‘ng o‘yin biroz tinchlandi. Polsha ham dadil hujumga o‘tib, raqib darvozasi oldiga yaqinalashib bordi. Ammo ish xavfli vaziyatlargacha yetib bormadi.

Ikkinchi bo‘limda vaziyat o‘zgarmadi. To‘pga egalik qilishda nemislar ustun bo‘lishdi. Biroq Polsha ham bir qator xavfli vaziyatlarni yarata oldi.

46-daqiqada o‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni Milik yaqin masofadan darvozaga yo‘llay olmadi. Unga hech kim halal bermayotgandi. Shu zahotiyoq uyushtirilgan qarshi hujumda Gyotse hisobni ochishi mumkin edi. U o‘ng qanotdan jarima maydoniga yolg‘iz kirib keldi va zarba yo‘llaganida darvozabon qaytara oldi.

Bo‘lim o‘rtasida Polsha ketma-ket uchta vaziyatni ko‘kka sovurdi. Milik chamasi 26 metrdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Uning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. Oradan biroz o‘tgach, Levandovski Noyer bilan yakkama-yakka chiqib, zarba yo‘llamoqchi bo‘lganida, Boateng to‘p yo‘lini to‘sib qoldi.

69-daqiqada esa Milik raqibni yana bir bor kechirdi. Grositski chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazib berganida, Milik to‘pga tayinli zarba berolmadi.

So‘nggi daqiqalar Germaniya ustunligida o‘tdi. 86-daqiqada Hyovedes ajoyib kombinatsiyadan so‘ng darvozabon bilan yuzma-yuz chiqqandi, biroq himoyachilar uning zarbasini to‘sib qolishdi.

Shu tariqa Germaniya va Polsha durang natija qayd etishdi.

16 iyun, Parij, «Stad de Frans»

Germaniya – Polsha 0:0

Germaniya – Noyer, Boateng, Xektor, Xevedes, Xummels, Getse (Shyurrle, 66), Kroos, O‘zil, Xedira, Draksler (Gomes, 72), Myuller.

Polsha – Fabianski, Glik, Yenjeychik, Pishchek, Pazdan, Blashchikovski (Kapustka, 80), Krixovyak, Monchinski (Yodlovets, 76), Grositski (Peshko, 87), Milik, Levandovski.

Ogohlantirishlar: Xedira (3), O‘zil (34), Monchinski (45), Grositski (55), Boateng (67), Peshko (90).


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031