Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qiyin kechgan bahsda Italiya Belgiyadan ustun keldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 192           Дата: 14-06-2016, 00:39          
Qiyin kechgan bahsda Italiya Belgiyadan ustun keldi

Italiya terma jamoasi juda qiyin kechgan bahsda Belgiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Birinchi bo‘limda tashabbus belgiyaliklar tomonida bo‘ldi. Ular raqib darvozasi oldida bir qancha xavfli vaziyatlarni sodir etishdi.

10-daqiqada Nainggolan uzoq masofadan kuchli va aniq zarba yo‘lladi, Buffon to‘pni qaytara oldi. Oradan biroz o‘tgach Raja yana bir marta uzoq masofadan darvozani nishonga oldi, bu safar to‘p juda noaniq ketdi.

32-daqiqada hisob ochildi. Bonuchchi maydon markazidan to‘pni Jakkeriniga aniq yetkazib berdi. U esa jarima maydoni ichida darvozabon bilan yolg‘iz qolib, ajoyib zarba bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi!

Oradan biroz vaqt o‘tgach, Italiya hisobni oshirishi mumkin edi. Parolo to‘pni boshi bilan jarima maydoni markaziga oshirganida, Pelle yaqin masofadan zarba berdi, biroq to‘p noaniq ketdi.

Ikkinchi bo‘limda ham vaziyat o‘zgarmadi. Belgiya katta kuch bilan hujumga otlandi. Lukaku, Azar va Origida bir qator imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo italiyaliklar bugungi o‘yinda hatoga yo‘l qo‘yishmadi.

So‘nggi daqiqalarda esa belgiyaliklar raqibning qarshi hujumini o‘tkazib yuborishdi. Kandreva to‘pni egallab, jarima maydoniga kirib keldi va Pellega oshirdi. Gratsiano to‘pni to‘xtatmasdan zarba yo‘llab, hisobni oshirdi.

13 iyun, Lion, «Stad de Lion»

Belgiya – Italiya 0:2 (0:1)

Gollar: Jakkerini (32), Pelle (90+2)

Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Vertongen, Siman (Ferreyra Karrasko, 75), Vermalen, Vitsel, Nainggolan (Mertens, 62), Fellayni, de Bryuyne, Azar, Lukaku (Origi, 73).

Italiya – Buffon, Bonuchchi, Kellini, Darmian (De Shilo, 59), Bardzali, Parolo, Kandreva, de Rossi (Motta, 78), Jakkerini, Pelle, Eder (Immobile, 75).

Ogohlantirishlar: Kellini (65), Eder (75), Bonuchchi (78), Motta (84), Vertongen (90).

Manba: www.stadion.uz.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн