Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Amerika Kubogi: Argentina Messining xet-trigi evaziga Panamani yirik hisobda yengdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 375           Дата: 11-06-2016, 10:03          
Amerika Kubogi: Argentina Messining xet-trigi evaziga Panamani yirik hisobda yengdi

Amerika kubogida guruh bosqichining 2-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. "D" guruhida ishtirok etayotgan Argentina terma jamoasi Panamani yirik hisobda mag‘lub etdi va muddatidan avval chorak final yo‘llanmasini hal qildi, deb yozadi "Tribuna.uz".

O‘yin boshida Otamendi argentinaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bahsning 31-daqiqasiga kelib panamaliklar maydonda bir kishi bo‘lib qolishdi. Bungacha sariq kartochka olgan Godoy raqib futbolchisiga nisbatan ancha qo‘pol harakat qildi va qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

O‘yin tugashiga yarim soat qolganida Xerardo Martino jamoa yetakchisi Messini maydonga tushirdi. Leo yarim soat ichida "xet-trik"ni rasmiylashtirdi. U dastlabki va uchinchi gollarini Panama jarima maydonchasi ichida zarba berish orqali urgan bo‘lsa, ikkinchi to‘pni jarima zarbasidan chiroyli tarzda kiritdi.

Argentinaning beshinchi goli ham Messining uzatmasidan keyin raqib darvozasidan joy oldi: Roxo bosh bilan to‘pni Agueroga qoldirdi, Serxio esa yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Argentina Kopa Amerikaning chorak finaliga muddatidan oldin chiqdi. Panama ikkinchi yo‘llanmasi uchun so‘nggi turda Chiliga qarshi bahs olib boradi.

Amerika kubogi, "D" guruhi, 2-tur
Argentina – Panama 5:0 (1:0, 4:0)

Gollar: 1:0 – 7 Otamendi, 2:0 – 68 Messi, 3:0 – 78 Messi, 4:0 – 87 Messi, 5:0 – 90 Aguero.
Argentina – Romero, Otamendi, Roxo, Merkado, Funes Mori, Fernandes (Messi, 61), Maskerano, Banega, Gaytan, Di Mariya (Lamela, 43), Iguain (Aguero, 76).
Panama – Penedo, Baloy, Miller, Machado, Enrikes, Gomes, Godoy, Kintero, Kuper (Arroyo, 76), Pimentel (Kamargo, 20), Peres (Texada, 75).
Ogohlantirishlar: Peres (6), Fernandes (15), Maskerano (17), Baloy (17), Godoy (22), Kuper (47), Gaytan (66), Enrikes (78).
Chetlatish: Godoy (31).


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн