Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yevro-2016. Paye so‘nggi daqiqada Fransiyaga g‘alaba keltirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 288           Дата: 11-06-2016, 00:28          
Yevro-2016. Paye so‘nggi daqiqada Fransiyaga g‘alaba keltirdi

Yevropa chempionatining ochilish o‘yinida mezbonlar qiyinchilik bilan g‘alaba qozonishdi. Uchrashuv so‘ngida Dimitri Paye tomonidan urilgan gol Fransiyaga Ruminiya ustidan g‘alaba keltirdi.

Mezbonlar hali maydonga moslashib, ruhiy bosimdan chiqib ketmaslaridan avval Ruminiya gol urib olishni maqsad qilgan shekilli, 5-daqiqada Lorisning mahorati va omad tufayli to‘p Fransiya darvozasiga kirmadi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani ruminiyalik futbolchi bosh bilan to‘pni olis ustun tomon burdi. Nikolaye Stanchu 2 metrdan zarba berdi. Loris chiziq ustidan zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Keyinchalik Desham shogirdlari tezda o‘zlariga kelishdi va tanaffusga qadar kichik ustunlikka ega bo‘lishdi. Dastlab Jiru yaqin masofadan bosh bilan darvozaga aniq zarba bera olmagan bo‘lsa, Grizmanning boshda bergan zarbasini ustun o‘ziga qabul qildi.

Ikkinchi bo‘limning debyutini Ruminiya yana shunday boshladi — Stanku raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi, ammo zarba bera olmadi. Payening bir-biridan ajoyib uzatmalari nihoyat naf keltirdi. Dastlab Pogbaning kuchli zarbasini ruminlar posboni qaytargan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmasdan yuqoridan berilgan uzatmani qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Natijada Jiru bosh bilan hisobni ochdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Viktor Kashshai Fransiya darvozasi tomon penalti belgiladi. Evra jarima maydonchasi ichida Bogdan Stankuni yiqitdi. Jabrlanuvchining o‘zi 11 metrli nuqtadan adashmdi.

O‘yin durang bilan tugaydigan ko‘rinayotgandi. Asosiy vaqt tugashiga 1 daqiqa qolganida Dimitri Paye raqib jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi va himoyachilar orasida bo‘lishiga qaramay birdaniga zarba berdi. To‘p olis "to‘qqizlik"ka kirib ketdi!

O‘yin qahramoni o‘z muxlislariga g‘alaba quvonchini taqdim etdi.

Yevro-2016, "A" guruhi, 1-tur
Fransiya – Ruminiya 2:1 (0:0, 2:1)

Gollar: 1:0 – 57 Jiru, 1:1 – 65, penalti Stanku, 2:1 – 89 Paye.
Fransiya – Loris, Koselni, Evra, Sanya, Rami, Matyuidi, Kante, Paye (Sissoko, 90), Pogba (Marsyal, 77), Grizmann (Koman, 66), Jiru.
Ruminiya – Teterushanu, Kirikesh, Rats, Sepunaru, Grigore, Stanchu (Kipchu, 72), Xoban, Pintiliy, Popa (Torje, 82), Stanku, Andone (Alibek, 61).
Ogohlantirishlar: Kirikesh (32), Rats (45), Jiru (68), Popa (78).

Manba: stadion.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031