Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OAV: Platini FIFAning yangi sanksiyalari ehtimolidan qo‘rqib Yevro–2016 o‘yinlariga borishdan bosh tortdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 114           Дата: 5-06-2016, 10:02          
OAV: Platini FIFAning yangi sanksiyalari ehtimolidan qo‘rqib Yevro–2016 o‘yinlariga borishdan bosh tortdi

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) prezidenti, fransiyalik Mishel Platini Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionati o‘yinlariga tashrif buyurmaydi. Bu haqda "Kun" nashri xabar tarqatmoqda.

Avvalroq Fransiya futbol federatsiyasi Mishel Platinini Yevropa chempionatiga taklif qilish istagini bildirgan edi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Platini FIFAning Axloq qo‘mitasi tomonidan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yangi sanksiyalarga tushib qolmaslik uchun Yevro–2016ga tashrif buyurmaydi.

U UYeFA rahbari lavozimini 14 sentyabr kuni, tashkilotning Afinada bo‘lib o‘tadigan kongressida rasman tark etishini ma’lum qilgan.

Platini 2007 yildan buyon UYeFAni boshqarib kelayotgandi.

O‘tgan yili FIFA bilan bog‘liq mojarolar doirasida 2011 yili FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter Mishel Platiniga 2 mln Shveysariya franki miqdoridagi mablag‘ni noqonuniy ravishda o‘tkazib bergani aniqlandi. 2015 yilning dekabr oyida Blatter va Platini 8 yil muddatga futbol faoliyatidan chetlashtirildi. Keyinchalik, 2016 yilning fevralida Platinining diskvalifikatsiyasi muddati 6 yilga qisqartirildi. Platini Lozannadagi (Shveysariya) Sport arbitraj sudi (CAS)ga chetlashtirish muddatini qisqartirish bo‘yicha yana apellyatsiya berdi. May oyida uning apellyatsiyasi qisman qondirildi – diskvalifikatsiya muddati olti yildan to‘rt yilgacha, jarima miqdori 80 mingdan 60 ming yevrogacha tushirildi.

Yevro–2016 turniri 10 iyundan 10 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031