Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

​Pep Gvardiola Angliyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yulduzlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 280           Дата: 3-06-2016, 10:09          
​Pep Gvardiola Angliyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yulduzlar

"Manchester Siti" jamoasi yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozgi transfer vaqtida tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishga bel bog‘lagan, deb yozmoqda "Telegraf" nashri. Gvardiola bir qator futbolchilarni ko‘z ostiga olgan. Xususan, Ilkay Gyundogan ham shaharliklarga kelib qo‘shildi. Endilikda yana bir qator o‘yinchilar tashrif buyurishlari mumkin. Quyida shu charm to‘p ustalari borasida so‘z yuritamiz.

Tomas Myuller
Klubi: "Bavariya"
Transfer bahosi: 60 million yevro

Gvardiola o‘z shogirdlari qatorida "Bavariya"dan Tomas Myullerni ham taklif qilmoqchi. Myuller transferi uchun shaharliklar 60 million yevro sarflashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Biroq Gvardiola bu maqsadiga erisha olmasligi mumkin. Bunga "Bavariya" yo‘l bermasligi haqiqatga yaqin. Chunki myunxenliklar Tomas Myullerni sotmoqchi emas. Shunga qaramay, "Manchester Siti" Tomasni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Isko
Klubi: "Real" Madrid
Transfer bahosi: 45 million yevro

Isko "Manchester Siti"ning transfer bozorida xarid qilmoqchi bo‘lgan futbolchilari ro‘yxatidan joy olgan. Albatta, Gvardiola iqtidorli bo‘lgan charm to‘p ustasini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Buning uchun "Real"ning roziligi kerak. Qolaversa, tomonlar o‘zaro kelisha olishsa, Isko "Manchester Siti"da to‘p surishga rozi. Har holda shaharliklar Isko transferiga katta mablag‘ ajratgan. Shuningdek, unga ulkan maosh taklif qilingan.

Tiago Alkantara
Klubi: "Bavariya"
Transfer bahosi: 15 million yevro

Gvardiolaning suyukli shogirdi so‘zsiz Tiago Alkantara hisoblanadi. Ular o‘zaro "Barselona"da ishlagan. Keyinchalik murabbiy Bavariyaga o‘tganidan keyin Alkantarani yoniga chaqirgandi. Oradan hech qancha vaqt o‘tgani yo‘q. "Manchester Siti"ga kelgach, Alkantara bilan yana birga ishlash rejasi borligini ma’lum qilmoqda. Ko‘ramiz, bu gal ham ustoz va shogird ishi Angliyada ham davom etadimikan?

Daniel Alves
Klubi: "Barselona"
Transfer bahosi: 20 million yevro

Kataloniya klubini tark etishi kutilayotgan Alves "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tishi ehtimoli bor. Unga Gvardiolaning shaxsan o‘zi qiziqmoqda hamda sobiq shogirdini Angliyaga taklif qilmoqda. Alvesning "Manchester Siti"ga o‘tishi qiyindek tuyulmoqda. Chunki "PSJ" ham braziliyalik himoyachini sotib olishga asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Shu boisdan transferning amalga oshishida shaharliklarga qiyin bo‘lishi mumkin.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031