Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

De Bryuynening APL ga qaytishi va 2015/16 mavsumning eng foydali yana 5 transferi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 309           Дата: 31-05-2016, 15:16          
De Bryuynening APL ga qaytishi va 2015/16 mavsumning eng foydali yana 5 transferi

Ushbu tahliliy maqolada biz mavsumning eng omadli transferlari haqida fikr yuritamiz.

Dimitri Paye. «Marsel»dan «Vest Xem» ga 15 mln. yevroga transfer qilingan.
Paye darhol Bilichning asosiy quroligi aylandi. Paye sxodu stal glavnыm v bande Bilicha. Uning ayyorona harakatlari, qoyilmaqom to‘p uzatishlari, standart vaziyatlarni mukammal ijro etishi Fransiya terma jamoasiga chaqirilishiga va 10 dan ortiq rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etishiga sabab bo‘ldi. Aynan Dimitri Yevro-2016 musobaqasida asosiy tarkibda Valbuenani o‘rniga tushirilishi kerak. Paye o‘z o‘yinlari bilan nafaqat "uch ranglilar" bosh murabbiyi Dide Desham tomonidan tan olinishiga, balki APL futbolchilari orasida mavsum ramziy terma jamoasi tarkibigi kiritilishiga erishdi. U o‘zining 13 ta aniq to‘p uzatmasi bilan Ozil va Eriksenlardan so‘ng 3-o‘rinni egalladi, «gol+pas» tizimi bo‘yicha esa kuchli 10 talikka kirdi. vxodit v desyatku luchshix. Albatta, bu muvaffaqiyatli debyut, futbolchi hozir 29 yoshda va uning top-klublarda o‘ynashi uchun vaqt tobora kam qolmoqda.

Xatem Ben-Arfa. Erkin agent.
Shunga o‘xshash holat boshqa Fransiyalik qanot hujumchisida, lekin teskari yo‘nalishda amalga oshirilgan transfer, ya’ni APL dan Fransiya 1-ligasiga. O‘tgan mavsumning to‘liq yarmini FIFA ning qoidasiga ko‘ra u o‘yinsiz o‘tkazdi. U bir mavsumda 2 tadan ortiq klubda o‘ynashi mumkin emas edi, chunki ungacha "Nyukasl" ning yoshlar jamoasida va undan keyin "Xall Siti" da ijara asosida to‘p surgan edi. Shu sababli u "Nitssa" ning biron bir jamoasida o‘ynay olmas edi. Xatem bundan juda zerikdi, nihoyat shartnomasi muddati tugagandan so‘ng o‘ynash uchun imkonyatga ega bo‘ldi va gollar to‘plamini yarata boshladi: mavsum boshidagi birinchi 9 o‘yinda 7 ta to‘p kiritdi, joriy mavsumning 34 ta uchrashuvida u 17 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi. Unga 5 ta golli uzatmasini ham qo‘shsak, uning ko‘rsatkichi yoqimli deyishimiz mumkin.

Duglas Kosta. «Shaxtyor» dan «Bavariya» ga 30 mln. yevroga transfer qilingan.
Yozda ushbu Braziliyalikning transferiga ko‘pchilik shubha bilan qarashdi, klubning ashaddiy muxlislari esa unga to‘qnashuvdan so‘ng o‘z sevimlilari Frank Riberini safdan chiqarib yuborgan o‘yinchi sifatida qaray boshlashdi. Lekin Kosta mavsum boshidan Gvardiolaning asosiy tarkib futbolchilari qatoridan joy oldi va u nafaqat yaqinda "Oltin to‘p" ni egallash uchun ovoz berish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovning finalchisi Getseni bir muncha muddat esdan chiqarishlariga majbur qildi, shuningdek uni zahira o‘rindig‘iga mixlab qo‘ydi. U o‘zining tezkorligi, yuqori texnika egasi ekanligi, ikkala oyog‘i bilan ham bir xilda qattiq to‘p tepa olishi, butun o‘yin davomida o‘z qanotida raqib o‘yinchisini bosim ostida ushlab tura olishi, nafaqat yuqori dribling sohibi ekanligi, balki raqib jarima maydoniga shiddat bilan yorib kira olishi bilan ajralib turadi. 4 ta gol va 9 ta golli uzatma balki, uning eng yaxshi ko‘rsatkichi emasdir. Lekin kim ushbu yigitning o‘yinini ko‘rgan bo‘lsa, bu albatta omadli transfer degan fikrimiz yolg‘on emasligini tasdiqlaydi.

Paulo Dibala. «Palermo» dan «Yuventus» ga 32 mln. yevroga transfer qilingan.
Rostini aytsak, ushbu Argentinalikning "Yuventus" ga tansfer qilinishida, u muxlislar sevimlisi Tevesning o‘rnini egallay olarmikan, u buyuk Del Peroning vorisi bo‘la olarmikan degan ba’zi xavotirlar bor edi, umuman bilasizmi javobgarlik katta edi, yana ushbu yosh iste’dod egasining narxini kelishish jarayonida uni yangi Messi deyilishi Zamparinini naq aqldan ozdirayozdi. Rossiyada, masalan, shunday taqqoslashlar yosh futbolchilarga salbiy ta’sir qiladi. Misol uchun, "Spartak" dan Davidov buni tasdiqladi. Baxtni qarangki, Dibala birinchi uchrashuvdanoq asosiy tarkibga munosib va yetuk futbolchi ekanligini muntazam ravishda gollar urishi va golli uzatmalar amalga oshirishi bilan namoyish eta boshladi. Ajoyib mavsum, "Bavariya" bilan javob uchrashuvida qatnashmaganligini hisobga olmaganda. Kim ayta olardi, uning "Bavariya" bilan o‘tkazilgan birinchi uchrashuvda debyut golini kiritishini, aniqki ishtaha ovqat yeyotganda keladi.

Kevin De Bryuyne. «Volfsburg» dan «Manchester Siti» ga 74 mln. yevroga transfer ilingan.
Yozda "shaharliklar" o‘z safini Sterling, Otamendi, Delf va De Bryuynelar bilan to‘ldirdi. Delf davolanish bilan mashg‘ul edi, Otamendi moslashishga harakat qilardi, Sterling esa zahira o‘rindig‘idagi futbolchilar safini kengaytirgan edi. Shunday paytda ushbu Belgiyalikning transferini juda yaxshi deyishimiz mumkin bo‘ladi. Birinchi uchrashuvdayoq Kevin Aguero va Silva kabi jamoa hujumchilari orasida eng yaxshilardan biri bo‘ldi. Faqat APL da uning aktivida 7 ta gol va 10 ta golli uzatma bor, "PSJ" darvozasiga urgan goli evaziga klubi o‘z tarixida birinchi marta Yevropaning kuchli jamoalari kvartetidan joy oldi. Jarohatdan keyin o‘z vaqtida bahor mavsumida maydonga qaytdi, uning goli bo‘lmaganda "Siti" nafaqat Chempionlar ligasi musobaqasining yarim finaliga chiqa olmasdi, balki APL da ham keyingi yilda klublarning mazkur nufuzli turnirida qatnashish imkonini beruvchi 4-o‘rinni saqlab qola olmasdi.

N’Golo Kante. «Kan» dan «Lester» ga 9 mln. yevroga transfer qilingan.
Allaqachon, Paye va Ben-Arfa kashfiyot deb tan olindi, Yevropa ligasi va Chempionlar ligasining yetakchi finalchilari Grizmann va Gameyrolarni esdan chiqarmagan holda mavsumning asosiy kashfiyoti sifatida aynan Kanteni hisoblash mumkin. Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham maydon markazida Pogba, Matyuidi, Diarra, Sissoko, Kabay va Shnayderlin kabi ajoyib futbolchilarni jamlagan bo‘lsa, endi yana yengilmas Kanteni ham ular qatoriga qo‘shadi. Uning "Lester" dagi o‘yinlarini kim ko‘rmagan bo‘lsa, Rossiya terma jamoasiga qarshi debyut uchrashuvida u qanday gol urganligini ko‘rishi mumkin. Tirishqoq, jasur va ajoyib yarim himoyachi terma jamoaning boshlang‘ich tarkibida maydonga tushishga haqli. Bu Desham uchun yoqimli bosh og‘riq bo‘lishi turgan gap. Kante o‘z o‘yini bilan nafaqat buyuk Makelele bilan solishtirishlariga sababchi bo‘ldi, balki "Real", «Arsenala» va «Chelsi» ning e’tiborini o‘ziga qaratdi.



Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031