Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

ChL-2015/16 ramziy terma jamoasiga kiritilgan 18 futbolchidan 15 tasi ispan klublarida o‘ynaydi.

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 282           Дата: 31-05-2016, 00:13          
ChL-2015/16 ramziy terma jamoasiga kiritilgan 18 futbolchidan 15 tasi ispan klublarida o‘ynaydi.

UYeFA yakunlangan Chempionlar ligasi turnirining ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Mazkur ramziy terma jamoa UYeFA ning quyidagi texnik ekspertlari guruhi tomonidan tuzib chiqildi: Ioan Lupesku (UYeFA ning katta texnik zobiti), Aleks Fergyuson, Jan-Pol Brigger (FIFA), Xines Melendes, Miksu Paatelaynen, Tomas Shaaf, Peter Rudbek, Savo Miloshevich, Devid Moyes i Mircha Luchesku.

Bu jamoa 18 futbolchidan iborat, shundan 15 tasi «Atletiko», «Real» va «Barselona» futbolchilaridan iborat. Mazkur Chempionlar ligasi - 2015/16 ning ramziy terma jamoasi to‘liq tarkibi quyidagicha:

Darvozabonlar:

Yan Oblak (Atletiko)
Diyego Simeone jamoasining qahramonlaridan biri, 13 o‘yinda bor yo‘g‘i o‘z darvozasidan 8 ta gol o‘tkazdi.

Manuel Noyer (Bavariya)
11 o‘yinda 9 ta gol o‘tkazib yubordi, bu ham yaxshi ko‘rsatkich, Noyer - noyob ist’edod egasi.

Himoyachilar:

Diyego Godin (Atletiko)
Sadoqatlilik va ruhan jangovarlik namunasi. Urugvaylik finalgacha 1 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. xolos.

Xuanfran (Atletiko)
Barcha 12 ta o‘yinda o‘ng qanot himoyasida yetakchilikni qo‘ldan bermadi, finaldagi noaniq tepgan penaltini eslamaganda, jamoasi uchun yetarlicha xizmat qildi.

Tyago Silva (Pari Sen-Jermen)
Chorak finalgacha faqat 1 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. Parijliklarning haqiqiy sardori, ushbu mavsumda o‘zini mukammal darajada ko‘rsata oldi.

Serxio Ramos (Real)
Hal qiluvchi bahsdagi o‘zining goli bilan 2 final turnirida gol urgan birinchi himoyachi bo‘ldi.

Marselo (Real)
Chap qanot himoyachisi madridliklar bilan 2015 yil yozda yangi shartnoma tuzdi va aql bovar qilmas mavsumni o‘tkazdi. Chempionlar ligasi-2015/16 dagi 13 uchrashuvdan 11 tasida ishtirok etdi.

Yarim himoyachilar:

Gabi (Atletiko)
Atletikoning ushbu turnirdagi bironta uchrashuvini o‘tkazib yubormagan 3 nafar futbolchilardan biri. Chempionlar ligasidagi qatnashuvchilar orasida eng ko‘p yugurgan futbolchi - 149,206 km.

Koke (Atletiko)
Turnirdagi eng ko‘p yugurgan futbolchilar orasida uchinchi bo‘ldi - 141,175 km, undan ko‘p yugurgan futbolchilarga nisbatan kamroq uchrashuvlarda ishtirok etgan bo‘lsada.

Andres Inesta (Barselona)
Bor yo‘g‘i 7 uchrashuvda ishtirok etdi, lekin o‘zining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsata oldi va "Barselona" ning chorak finalga chiqishiga munosib hissa qo‘shdi.

Toni Kroos (Real)
Ushbu turnirda amalga oshirgan uzatmalari (1007) va aniq uzatmalari (952) soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.

Luka Modrich (Real)
Uning maydon markazidagi ijodkorligi va ko‘ra olish qobiliyati madridliklar o‘yinida juda muhim rol o‘ynadi. Xorvatiyalik 1 ta gol ham urdi - "Shaxtyor" jamoasi darvozasiga.

Hujumchilar:

Antuan Grizmann (Atletiko)
Mazkur turnirdagi samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha 5-o‘rinni (11) va ko‘p yugurish bo‘yicha 2-o‘rinni egallab (142,864 km), «Atletiko» ning yetakchi o‘yinchilaridan biri bo‘ldi.

Luis Suares (Barselona)
9 o‘yinda 8 ta gol - katta ko‘rsatkich, lekin "primero"da 40 ta gol urgan va "Oltin butsa" ni yutgan futbolchi uchun bu odatiy ish.

Lionel Messi (Barselona)
Guruh bahslarining yarmini o‘tkazib yubordi, lekin keyin o‘zining fantastik o‘yinini ko‘rsatdi, 7 o‘yinda 6 ta gol urish bilan.

Robert Levandovski (Bavariya)

Zagrebning "Dinamo" klubi darvozasiga urgan xet-trigi polyakning turnirdagi qatnashish ohangini belgilab berdi, 12 o‘yinda qatnashib 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Krishtianu Ronaldu (Real)
Turnir davomida samaradorlik bo‘yicha o‘z shaxsiy rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘la olmagan bo‘lsada, lekin 16 ta goli uning Chempionlar ligasi - 2015/16 turnirining "eng yaxshi to‘purar"i unvonini qo‘lga kiritishi uchun yetarli bo‘ldi.

Garet Beyl ( Real)
26 yoshli yarim himoyachining tezligi va texnikasi raqiblari uchun dahshatli bo‘lib qolmoqda, ushbu mavsum uning Madriddagi karerasidagi eng barqarori bo‘ldi.
ChL-2015/16 ramziy terma jamoasiga kiritilgan 18 futbolchidan 15 tasi ispan klublarida o‘ynaydi.



Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031