Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Mourinoning “Manchester Yunayted” ga kelishini dunyo ahli qanday qabul qildi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 212           Дата: 29-05-2016, 00:36          
Mourinoning “Manchester Yunayted” ga kelishini dunyo ahli qanday qabul qildi?

Mavsum tugashigacha chidab, oxir-oqibat “Manchester Yunayted” Joze Mourinoni boshqaruvga tayinladi. Quyida mazkur holat yuzasidan futbol mutaxassislarining fikrlari bilan tanishing.

Fil Nevill
«Manchester Yunayted» maksimal natija ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Mourino – isbotlangan g‘olib. «Manchester Yunayted» muxlislari jamoasi chempionlik uchun qanday kurashib olib borishini ko‘rishni xohlashadi, ular sevimli jamoasi mavsumni 5 yoki 7 o‘rin bilan yakunlashini xohlashmaydilar. Mening o‘ylashimcha, Mourino “MYu” da ko‘pga qolmaydi, u 2-3 yil ishlaydi.

Peter Shmeyxel
Mourino «Manchester Yunayted» ni boshqarishni har doim xohlagan, endi unda shunday imkoniyat bor. Jozeni jamoaning bosh murabbiyi etib tayinlash – rahbariyat uchun oddiy qaror emas, agar u kerakli odam bo‘lganida uni oldinroq tayinlashgan bo‘lar edi. U futbol direktori bilan, klub prezidenti bilan, jamoa vrachi bilan janjallashdi. U shunday ishlarni qildiki, buni “Manchester Yunayted” da xohlashmaydi. Ishonamanki, buning hammasi klubda tahlil qilingan. Aniqki, ser Aleks Fergyuson va ser Bobbi Charltonlar bilan fikrlashmasdan klub rahbarlari Mourinoni jamoa boshqaruviga tayinlashi mumkin emas. U klubga keldimi, demak, bu yaxshi tanlov. Endi klubda shunday inson, dunyoning mashhur murabbiyi bor, «Manchester Yunayted» ni qutqara oladigan. Bu qo‘rqmasdan qilingan qaror, lekin xulosa chiqarishga hali erta.

Karlo Anchelotti
Men bu ikki tomon uchun ham aql bovar qilmaydigan bir sarguzasht bo‘ladi, deb o‘ylayman.
Mourino – dunyoning eng zo‘r murabbiylaridan biri, unda Angliyada ishlash bo‘yicha tajriba bor. «Manchester Yunayted» ga shunday mutaxassis kerak edi. Dunyoning ikkita eng zo‘r murabbiyi Manchesterga yig‘ildi. Ularning o‘zaro qarama-qarshiligi hayajonli tomosha bo‘ladi. Aslini olganda, van Gaal yomon ishlamadi, undan jamoani qayta tuzish talab etilar edi, bu esa oson emas. Lekin Mourino va «Yunayted» ning hamkorligi ikkala tomon uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.

Erik Kantona
Menga Mourino yoqadi, futbol nuqtai nazaridan, chunki u o‘zining nimaga qodirligini isbotlagan, lekin bu “Manchester”Yunayted” ga to‘g‘ri keladi degani emas. Men uni shaxs sifatida, uning o‘yin paytidagi ehtiroslarini, uning hazilkashligini yaxshi ko‘raman. U juda aqlli, u o‘yinchilaridan maksimal jonkuyarlikni talab qiladi. Albatta, u sovrinlarni qo‘lga kiritadi. Mening fikrimcha, uning uslubi «Manchester Yunayted» muxlislariga yoqmaydi, garchi jamoasi g‘alaba qozonsa ham. «Yunayted» Gvardiolani olib kelishi kerak edi. Faqat u «Manchester Yunayted» ni o‘zgartira olishi mumkin edi. To‘g‘ri, u hozir Manchesterda, lekin kerakli joyda emas.

Bastian Shvaynshtayger
O‘ylashimcha, “Manchester Yunayted” ning barcha o‘yinchilari Mourino qo‘l ostida o‘ynashni istashadi, bizni muhim mavsum kutmoqda. Bizni van Gaal bilan munosabatlarimiz yaxshi edi. Aynan u meni “Bavariya” dan olib keldi va men undan minnatdorman. Hech qachon yomon gap gapirmayman, men uchun ko‘p narsalarni qilgan inson haqida. Bizning o‘zaro fikrlarimiz har doim ham mos kelmagan bo‘lsada, lekin bundan munosabatlarimiz buzilmagan. Mavsum davomida jamoamiz jarohatlar epidemiyasiga duch keldi, biz yakunda sovrinli o‘rinlardan birini egallashimiz mumkin edi. Ikki yil davomida jamoa chempionatda hech narsani yutmadi, lekin g‘alabali nuqta – bu van Gaal uchun yoqimli yangilik.

Zlatan Ibragimovich
Menda Angliya, Italiya va boshqa davlatlardan aniq takliflar bor. Mening kelajagim aniq bo‘lib ulgurdi, men qaror qabul qilib bo‘ldim. Joze Mourino? Men u bilan birga ishlashni “Inter” dan ketgan birinchi kunidanoq sog‘inishni boshlaganman. Bu «Manchester Yunayted» uchun yaxshi yurish. Agar senga ekshn kerak bo‘lsa, unda Mourinoni taklif qilasan. Joze qayerda murabbiylik qilgan bo‘lmasin, unga hamma joyda omad kulib boqqan, u shunday inson. Men uni hurmat qilaman, chunki u nimani xohlasa shuni gapiradi va u har doim haq bo‘lib chiqadi. Albatta, unda juda ko‘p bilim bor, lekin muhimi uning befarq emasligi. Mana shuning uchun futbolchilar u uchun o‘lishga ham tayyor. Unga nisbatan e’tiborsiz bo‘lish mumkin emas.

Villian
Joze – dunyodagi eng yaxshi mutaxassislardan biri, “MYu” uning kelishi bilan kuchliroq bo‘ladi. Mourino qo‘l ostida men juda yaxshi o‘yin ko‘rsatganman. U muhim murabbiy, bizning munosabatlarimiz a’lo darajada. APL da g‘alaba qozonish, mening kareramdagi eng zo‘r muvaffaqiyat. Bundan keyin bizda hech narsa chiqmagani ayanchli.

Terri Anri
APL va klub uchun juda muhim voqea. Bu yangi era. Biz hammamiz bilamiz, Jozening nimalarga qodir ekanligini. “Siti” bilan qarama-qarshilik hamma vaqt murosasiz bo‘lib kelgan, lekin endi Gvardiola va Mourinoning kelishi bilan yanada qiziqarli bo‘ladi. Sabrsizlik bilan ushbu uchrashuvni kutaman. Mourinoning futbolda o‘z qarashlari mavjud, bu “MYu” ning uslubiga mos kelmaydi, endi yoshlar tez-tez asosiy tarkibda maydonda ko‘rinishiga ishonch yo‘q. Joze yosh o‘yinchilarga ishonishni davom ettirishi kerak, buni van Gaal qanday bajargani kabi. Muxlislar har doim g‘alabani xohlashadi va Mourino buni ta’minlashga qodir.

Useyn Bolt
Men “qizil iblislar” ni Yurgen Klopp boshqarishini xohlagan edim. Menga uning jamoasining hujumkor o‘yini yoqadi. Joze Mourino? Gap-so‘zlarga qaraganda, u himoyaviy o‘yinni xush ko‘radi. Bu zerikarli. Zerikarli o‘yinni ko‘rishga toqatim yo‘q.

Alvaro Arbeloa
Albatta, matbuot menga turlicha munosabatda bo‘lgan, lekin Mourino menga nafaqat futbolda, balki individual tarzda ham ko‘p yordam bergan. U menga o‘ylagan narsamni qo‘rqmasdan gapirishga va o‘z jamoamni himoya qilishda qo‘rqmaslikni o‘rgatdi. Bu Jozening ketishidan oldin menga qoldirgan narsasi, men undan bu uchun har doim minnatdorman.

Mattia Destro
Mourino qo‘l ostida shug‘ullanish menga futboldan kuch olishimga undaydi. Agar u meni «Manchester Yunayted» ga chaqirsa men o‘tishga tayyorman.

Sesk Fabregas
Menga Joze yoqadi, u – mening do‘stim, biz hozirgacha munosabatlarimizni qo‘llab quvatlaymiz. Shunday ekan menga har xil gap-so‘zlarni eshitish yoqimsiz, men uni hurmat qilaman. Mourino bizga judayam qattiq ishonch bildirgan edi va bu uning eng katta xatosi bo‘ldi. Biz chempion bo‘lgan edik, u bizga ko‘proq dam beradigan bo‘ldi, bizga ishonardi, lekin biz uning ishonchini suiste’mol qildik. Bu uning ketishi uchun asosiy sabab bo‘ldi. Butun jamoa, shu qatorida men ham bu holat uchun yoqimsiz hissiyotlarni boshdan kechirmoqdamiz.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн