Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bahorgi mavsumdagi Rossiya chempionatining 5 qahramoni

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 175           Дата: 28-05-2016, 00:25          
Bahorgi mavsumdagi Rossiya chempionatining 5 qahramoni

Rossiya chempionati yakunlandi. Mavsum yakunlari yuzasidan tahliliy xulosa chiqarishimiz mumkin. Kim tanaffusdan keyin o‘zini yaqqol ko‘rsata oldi va jamoasining yutuqlariga o‘zining sezilarli foydali ta’sirini ko‘rsata oldi?

Serdar Azmun
Berdiyev jamoasi tarkibidagi muhim ijrochi va “Rostov” ning hayratlanarli muvaffaqiyatini yaratishdagi asosiy o‘yinchilardan biri. Bu bahorda hujumchi o‘zining ajoyib sport formasiga kirdi. Serdarning ketma-ket 5 uchrashuvda gol urishi, yakuniy muvafaqiyatda ushbu urilgan gollar qiymatini baholamaslik mumkin emas. Ya’ni uning «Ural» va «Zenit» bilan o‘tkazilgan muhim uchrashuvlardagi g‘alaba keltiruvchi gollari, jangovor g‘alaba keltirgan “Dinamo” darvozasiga urgan dubli, «Lokomotiv» va «Mordoviya» darvozasiga kiritgan gollari jamoasi uchun o‘ta muhim ochkolarni keltirdi. Ha “Kuban” klubiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda gol urolmagan bo‘lsada, uning 2 marta tepgan zargarona to‘pi mu’jiza tufayligina Belenov darvozasi to‘ridan joy olmadi. “Rostov” ning umumiy 12 bahorgi mavsumdagi raqiblari darvozasiga kiritgan 18 ta golidan 6 tasi Serdarga tegishli. Eronlik hujumchi ishtirokidagi “Ural” darvozasiga urilgan g‘alaba to‘pi tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi, ya’ni ushbu gol evaziga “Rostov” klubi birinchi marta Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Bahorgi mavsumdagi Rossiya chempionatining 5 qahramoni

Fyodor Smolov
Fyodor «Krasnodar» klubi bilan ketma-ket 7 o‘yinda raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi. Bu bilan 26 yoshli hujumchi ketma-ket gol urish borasida Dmitriy Vyazmikin va Aleksandr Kerjakovlarni quvib yetdi. Bungacha Rossiya primer ligasida ketma-ket 8 uchrashuvda raqib darvozasini faqat Georgiy Demetradze ishg‘ol qilgan edi. 8 uchrashuvda 13 ta gol! Ushbu futbolchi yaqin yillar davomida gol urolmagan edi, ya’ni ketma-ket 45 uchrashuvda gol urolmagan, qo‘rqinchli seriya 1775 minutga yetgan edi. Hozir esa u ko‘rsatayotgan samarali o‘yinga hatto Messi va Ronaldu hasad qiladi. Ko‘pchilikning fikricha, yaqinda bo‘lib o‘tadigan Yevro-2016 musobaqasida Rossiya terma jamoasi safida Mamayev-Smolov juftligi faoliyat yuritishi kerak.
Bahorgi mavsumdagi Rossiya chempionatining 5 qahramoni

Pontus Vernblum
Dzagoyevning futboldagi kamolotga erishishi, urgan oltin golini inkor etmagan holda hamda Musaga e’tiborni susaytirmagan holda aynan shvetsiyalik yarim himoyachining hatti-harakatlarini yuqori baholagan bo‘lar edik. Pontus – monstr, maydonda bunday shafqatsiz ehtirosli jangovor futbol namoyish qilish faqat Simeonening yigitlariga xos. Nafaqat maydonda, balki yechinish xonasida ham u haqiqiy lider va yetakchidir. Slutskiy jamoasining asosiy va almashtirilmas ijrochisi, nafaqat raqib hujumlarini buzish va o‘z darvozasini himoya qilish, balki boshqa pozitsiyalarda ham foydali o‘yinchiga aylanib ulgurdi. “Ufa” va “Terek” jamoalariga qarshi kechgan o‘yinlarda urgan g‘alaba keltiruvchi gollari fikrimizga dalil bo‘la oladi.
Bahorgi mavsumdagi Rossiya chempionatining 5 qahramoni

Xalk
Yaqinda Xalk «gol+pas» tizimi bo‘yicha 50 ochko to‘pladi. Uning bu natijasi nafaqat Loskovning chempionatning bir mavsumida kiritilgan gollar bo‘yicha o‘rnatgan rekordini takrorladi, balki milliy chempionat va klubning shu paytgacha erishgan yutuqlarini yangiladi: bundan oldin biron bir futbolchi liga tarixida “gol+pas” tizimi bo‘yicha 50 ochko to‘plash darajasiga yetmagan. Rossiya chempionatidagi grossmeyster darajasidagi futbolchi (agar bundan ortiq bo‘lmasa) ni terma jamoa murabbiylari shtabi Amerikada bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak turnirda mamlakat bayrog‘i ostida o‘ynashga jalb etdi. Xalk nafaqat o‘zi mohirona to‘p surmoqda, shu bilan birga hamkorlari Dzyuba va Shatovlarni ochilishiga yordam bermoqda, buning uchun unga alohida rahmat aytish kerak.
Bahorgi mavsumdagi Rossiya chempionatining 5 qahramoni

Kvinsi Promes
Qizil-oqlarning navbatdagi omadsiz mavsumidagi birdan bir yorqin dog‘i. Bu yigit nafaqat o‘zining foydali hatti-harakatlari bilan, balki har bir o‘yinda o‘zining jonkuyarligini namoyish etib kelmoqda. Chempionatning bahorgi mavsumida ushbu hujumchining hisobidagi «Ural» va «Amkar» jamoalari darvozasiga kiritgan g‘alaba keltiruvchi gollarni va derbidagi “Dinamo” darvozasiga yo‘llagan dubli evaziga jamoasiga keltirgan 3 ochkoni e’tiborga olishimiz mumkin. Qiziq, Promes o‘zini ko‘rsata olmagan o‘yinlarda “Spartak” mag‘lubiyatga uchradi, xususan «Zenit», «SSKA» va «Rostov» jamoalaridan mag‘lubiyatga uchragan. Jamoaning mavsumdagi maqsadi Yevrokuboklarda ishtirok etish edi, Kvinsi bo‘lmaganda ushbu turnirda ishtirok etishni uddalay olarmidi? Buyuk klubning ishlarini yuqori darajaga ko‘tarish uchun, balki klubni 11 nafar Promeslardan iborat tarkib bilan to‘ldirish kerakdir?
Bahorgi mavsumdagi Rossiya chempionatining 5 qahramoni



Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн