Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Angliyaning eng boy futbolchilari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 292           Дата: 26-05-2016, 15:49          
Angliyaning eng boy futbolchilari

Ingliz nashrlari ushbu mamlakatda to‘p surayotgan eng boy futbolchilari ro‘yxatini aniqladi. E’tiborlisi, futbolga ixtisoslashgan nashrlar tuzgan ro‘yxatdan asosan 30 yoshli o‘yinchilar joy olishdi. E’tiborlisi, birinchi o‘rinni “Manchester Yunayted” hujumchisi Ueyn Runi egalladi.

Ueyn Runi (“Manchester Yunayted”)
Umumiy boyligi: 82 million funt sterling

Runi bugungi kunda APLda eng ko‘p maosh oladigan futbolchi hisoblanadi. Uning haftalik maoshi 300 ming funtni tashkil qiladi. Ortda qolgan yilda “Shrek” “Nike” va “Samsung” kompaniyalari bilan tuzilgan shaxsiy shartnomalari orqali katta daromadga ega bo‘ldi. O‘tgan yilga nisbatan Runining topayotgan daromadi 10 million funtga ko‘tarildi. Hozirda uning umumiy daromadi 82 million funtni tashkil qilmoqda.

Serxio Aguero (“Manchester Siti”)
Umumiy boyligi: 33 million funt sterling

Ikkinchi o‘rin sohibi sifatida “Manchester Siti” yetakchisi Serxio Aguero egalladi. Argentinalik hujumchi ham katta miqdorda maosh oladigan futbolchilar sirasiga kiradi. Umumiy daromadining ko‘pchilik qismini aynan “shaharliklar”da o‘tkazayotgan o‘yinlari bilan ishlab topgan. O‘tgan yilga qaraganda, uning yillik daromadi 7 million funtga ko‘tarilgan. Bunga turli reklama roliklaridan topgan pullari ham kiritilgan.

David Silva (“Manchester Siti”)
Umumiy boyligi: 31 million funt sterling

Maydon markazida fantastik o‘yinlar namoyish qila oladigan Silva ham bugungi kunda Britaniya futbolida eng boy sportchilardan biri desa bo‘ladi. Chunki Silva ham “shaharliklar”da juda katta miqdorda maosh ishlab topadi. Bundan tashqari, reklama roliklaridan ham ancha-muncha gonararlar kelib turadi. Shundan kelib chiqib, Silvaning yillik daromadi 6 million funtga ko‘tarildi va umumiy boyligi 31 mlnga yetdi.

Sesk Fabrges (“Chelsi”)
Umumiy boyligi: 29 million funt sterling

“Chelsi”da yaxshigina daromad topadigan Fabreges ushbu ro‘yxatni beshinchi pog‘onasini band qildi. Hozirda Seskning boyligi 29 million funtni tashkil qilmoqda. Ilgari “Arsenal” va “Barselona”da to‘plagan mablag‘lari ham kiritilgan. U ham reklama roliklari orqali gonarar ishlab topmoqda.

Samir Nasri (“Manchester Siti”)
Umumiy boyligi: 22 million funt sterling

Ingliz yurtida “Manchester Siti” futbolchilarga maosh to‘lash borasida boshqalardan ustunlik qilmoqda. Shu boisdan Nasrining umumiy boyligi anchani tashkil qilmoqda. Haftalik maoshi salkam 200 ming funtga yetadigan fransiyalik yarim himoyachi ham eng boy futbolchilrdan biridir.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн