Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bu yozda o‘z klubini aniq tark etadigan 10 nafar futbolchilar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 217           Дата: 26-05-2016, 15:24          
Bu yozda o‘z klubini aniq tark etadigan 10 nafar futbolchilar

Xames Rodriges
Bu iste’dodning ketishi "Real" da yana bir yorqin yulduz yetishmovchiligini keltirib chiqaradigan ko‘rinadi, sababi bu yigit klubning asosiy tarkibiga juda kam jalb qilinmoqda va o‘zining optimal formasini ushlab turishi uchun jarohatlar xalaqit qilmoqda, bunday holatda "Real" kabi klublar uzoq vaqt kutib turmaydi. Xamesning o‘zi ham zahira o‘yinchisi rolini bajarishga rozi emas, shunday ekan yaqin kunlarda ingliz klublarining biriga transfer qilinishini kutishimiz mumkin.
Bu yozda o‘z klubini aniq tark etadigan 10 nafar futbolchilar

Riyad Maxrez
Bizningcha bu yigit Primer liganing ushbu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Riyad deyarli "Lester"ning har bir urgan golida ishtirok etmoqda va jamoa yetakchilaridan biri hisoblanadi. Maxrez allaqachon 16 ta gol urishga va 11 ta golli uzatmani amalga oshirishga erishdi, shuningdek Marxez "Lester" hujumlaridagi muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Riyad klubining chempion bo‘lishiga munosib hissa qo‘shdi, yaqin yozdagi transfer chog‘ida dunyoning barcha grand klublari uni o‘z safida ko‘rishga intilishi shubhasiz, bunday super-iste’dodni saqlab qolish uchun "Lester" ning imkoni yo‘q.
Bu yozda o‘z klubini aniq tark etadigan 10 nafar futbolchilar

Xatem Ben Arfa
Xatem barcha jarohatlar va ko‘ngilsizliklardan qutuldi, o‘zining ajoyib formasini tikladi va endi Yevropaning kuchli klublari orzusidagi futbolchiga aylandi, uning bu yozda ozod agentga aylanishini hisobga olsak uni qo‘lga kiritishni istovchi klublar soni ortishi shubhasiz, asosiy da’vogarlar esa «PSJ», «Liverpul», «Milan» va «Atletiko».
Bu yozda o‘z klubini aniq tark etadigan 10 nafar futbolchilar

Shkodran Mustafi
Ajoyib markaziy himoyachi, hozirgi paytda bilasizki bu pozitsiyada yaxshi futbolchini topish unchalik oson emas. Mustafi "Valensiya" ning bugungi darajasidan ancha o‘sib ketdi va «Yuventus», «Inter», «Barselona», «Atletiko» va «Tottenxem» kabi klublarning jiddiy qiziqishini hisobga olsak, uni bu yil yozda "Valensiya" ni aniq tark etadi deyishimiz mumkin.
Bu yozda o‘z klubini aniq tark etadigan 10 nafar futbolchilar

Domeniko Berardi
Domeniko «Sassuolo» darajasida ancha o‘sdi va endi keyingi karerasini yangi bosqichda davom ettirishi uchun vaqt yetib keldi. Berardi uchun hamon "Yuventus" asosiy da’vogar bo‘lib turibdi va gap-so‘zlarga qaraganda unga Ispaniya va Angliya klublari ham qiziqmoqda.
Bu yozda o‘z klubini aniq tark etadigan 10 nafar futbolchilar

Mario Balotelli
Afsuski, "Super-Mario" endi unchalik "super" emas, uning futbolchilik faoliyati bo‘yicha yangiliklar juda kam, hamda uning «Liverpul» dagi kunlari tugab bormoqda. Yurgen Klopp o‘z o‘yinchilaridan ko‘p harakat qilishlarini, raqibga tinimsiz bosim o‘tkazish va o‘yin davomida ulardan to‘liq kuch bilan o‘ynashni talab qilmoqda. Bu borada Marioda muammolar bor va nemis yangi jamoasini shakllantirishda Balotelliga umid qilmayapti.
Bu yozda o‘z klubini aniq tark etadigan 10 nafar futbolchilar

Andrey Yarmolenko
Andrey o‘z klubi va terma jamosasining yetakchisi hisoblanadi. Hozir u a’lo darajadagi sport formasiga ega, "Dinamo" klubi muxlislariga bergan va’dasini amalda bajardi, ya’ni Ukraina chempioni bo‘ldi. Yevro-2016 da u o‘zini ko‘rsatadi va Ukraina o‘z o‘yin uslubini asosan Andrey orqali quradi, bu unga o‘zini ko‘rsatishi uchun ajoyib imkoniyat. Uni anchadan buyon kuzatishmoqda, hozir u 26 yoshda va "Dinamo" miqyosida barcha narsalarga erishdi, uning Yevropaga ko‘chib o‘tishi uchun vaqt yetib keldi.
Bu yozda o‘z klubini aniq tark etadigan 10 nafar futbolchilar

Mishi Batshuayi
Marsel klubi joriy yil yanvar oyida o‘zining ushbu bebaho futbolchisini yangi shartnoma tuzishga ko‘ndirib yengil nafas olayotgan bo‘lsa ajab emas. Mishi ajoyib sport formasiga ega va Yevro-2016 ga boradi, uni ko‘plab klublarning skautlari yaqindan kuzatishlari turgan gap, shu bilan birga unga asosiy da’vogarlar «Tottentxem», «Yuventus», «Atletiko» va «Liverpul» hisoblanadi.
Bu yozda o‘z klubini aniq tark etadigan 10 nafar futbolchilar

Aleksandr Zinchenko
"Ufa" klubi jon saqlash uchun kurashmoqda, agar primer ligada qolishni uddalashgan taqdirda ham Zinchenkoning yana bir mavsum klubda qolishiga kafolat yo‘q. Yevropaning top-klublari Aleksandrga qiziqmoqda, Kiyevning "Dinamo" klubi ham uni vataniga qaytarishga ishtiyoqmand, ishuningdek Rossiya klublaridan ham qiziqishlar mavjud. Mana u yaqinda o‘z intervyusida nima dedi: "Men ushbu mavsum oxirigacha "Ufa" klubida qolishim aniq, lekin kelajagim haqida oldindan taxmin qilishni istamayman". Bizningcha chempionat qanday tugashidan qat’iy nazar bu uning "Ufa" dagi oxirgi mavsumi bo‘ladi.
Bu yozda o‘z klubini aniq tark etadigan 10 nafar futbolchilar

Romelu Lukaku
Romelu "Everton" da uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda va aniq bo‘lib ulgurdiki, klub belgiyalikning iste’dodiga to‘g‘ri kelmaydi. Jadval o‘rtasidagi o‘rin? Lukaku bundan ham yuqori o‘rinlarga loyiq. U bor-yo‘g‘i 22 yoshda, ammo u allaqachon katta tajribaga ega bo‘lib ulgurdi. Romelu Belgiyaning yaqinda boshlanadigan Yevro-2016 dagi birinchi raqamli hujumchisi bo‘ladi. Undan keyin "Everton" yaxshigina mablag‘ga ega bo‘ladi, Romelu esa o‘z iste’dodiga mos klubga o‘tadi va chempionlik tituli uchun kurashish imkoniga ega bo‘ladi.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн