Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

APLda eng ko‘p jarohat oladigan futbolchilar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 256           Дата: 26-05-2016, 10:51          
APLda eng ko‘p jarohat oladigan futbolchilar

Futbol jamoaviy sport turi bo‘lganligi bois o‘yinchilarning jarohat olmaslikdan kafolatlanmagan. Bir so‘z bilan aytganda, futbolda kutilmagan holda jarohat olish holatlari kuzatiladi. Quyida e’tiboringizga APLda jarohat oladigan charm to‘p ustalari borasida so‘z yuritamiz.

Ueyn Runi (“Manchester Yunayted”)

Necha marotaba jarohat olgan: 44 marta.

“Qizil iblislar” sardori APLda eng ko‘p jarohat oladigan futbolchi hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, APLda jarohat olish borasida chempion hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Shrek” (Runi laqabi) shifokorlarning huzuriga 44 marotaba murojaat qilgan. Shunga qaramay, Runi jarohat olgan paytlarida ham tezroq maydonga qaytishga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli, tuzalish jarayoni tez kechadi.

Loran Koselni (“Arsenal”)

Necha marotaba jarohatlangan: 33 marta.

“Arsenal” himoyachisi ham bu borada o‘z ampluadoshlari orasida yetakchi hisoblanadi. Ilgari “kanonirlar” safida Abu Dabi eng ko‘p jarohat oladigan futbolchi edi. Dabi ketib, o‘zidan qolgan “meros”ni Koselniga qoldirib ketdi. Fransiya terma jamoasi himoyachisi jiddiy kurashlardan o‘zini olib qochmasligi sababli, yuqorida tilga olganimizdek, jarohatlar yuzaga kelmoqda.

Yaya Ture (“Manchester Siti”)

Necha marotaba jarohatlangan: 33 marta.

Jismonan juda baquvvat bo‘lishiga qaramay, Yaya Ture ham ko‘p jarohatlanadi. Yakunlangan mavsumni o‘zidayoq Ture 8 marotaba shifokorlar huzuriga borganligini aytib o‘tish lozim. Turening ham Runiga o‘xshash jihati shuki, jarohatlangan bo‘lsa-da, maydonga chiqishga bo‘lgan ishtiyoqi sababli, tez qutuladi. Shundan keyin, maydonga qaytadi.

Samir Nasri (“Manchester Siti”)

Necha marotaba jarohatlangan: 29 marta.

Nasri ham APLda ko‘p jarohat oladi. Samir asosan tizzasi bilan bog‘liq jarohatlarga ko‘p marotaba duch keladi. Shu boisdan Nasri ko‘pincha maydon chetida qolib ketmoqda. Aks holda, Nasri doimiy sport formada bo‘lsa, har qanday o‘yinda o‘zini ko‘rsata olish qobilyatiga ega. Hujumlarni tashkillashtirib berish jarayonida uning xizmatilari beqiyos hisoblanadi.

Teo Uolkott (“Arsenal”)

Necha marotaba jarohatlangan: 27 marta.

Tezkor hujumchi maydonda o‘zini hech ham ayamaydi. Jiddiy kurashlarga ko‘p kirishadi. Shuning uchun ham tez-tez jarohat olish holatlari kuzatiladi. Uolkott o‘zining bu boradagi shaxsiy rekordini 2014 yili o‘rnatgan bo‘lib, yanvardan to oktyabrga qadar hammasi bo‘lib 280 kun davomida tizzasidan olgan jarohatini davolash bilan vaqtini o‘tkazgan.

Daniel Starrij (“Liverpul”)

Necha marotaba jarohatlangan: 27 marta.

Starrij “Chelsi”, “Bolton”da to‘p surgan paytlarida ham jarohatlar olib turardi. “Liverpul”ga ko‘chib o‘tganidan keyin, bu borada o‘z rekordini yangilab bormoqda. Ko‘pincha jarohat olib, uzoq vaqt safdan chiqishi natijasida Yurgen Klopp uni “Liverpul”dan ketishini istab qolgandi. Safga qaytganidan keyin, barchasi iziga tushib ketgandek. Chunki u maydonda bo‘lgan vaqtlarida raqib darvozasini ishg‘ol qila olishni uddasidan chiqmoqda.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031