Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

«Real» orzusidagi yulduzlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 271           Дата: 25-05-2016, 15:14          
«Real» orzusidagi yulduzlar

FIFA Madridning «Real» jamoasiga yangi futbolchilarni xarid qilishni ta’qiqlab qo‘ygan bo‘lsa-da, “qirollik klubi” o‘ziga kerakli nomzodlarni ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Bir so‘z bilan aytganda, “Real” orzu qilayotgan charm to‘p ustalari bor. Moliyaviy jihatdan “Real” qanchalik baquvvat bo‘lishiga qaramay, ular yetisha olmayotgan futbolchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Quyida shu o‘yinchilar borasida so‘z yuritamiz.

David De Xea (“Manchester Yunayted”)

“Real” orzusidagi darvozabon aynan David De Xea hisoblanadi. “Manchester Yunayted” De Xeani qo‘yib yuborishni istamayapti. Shuning uchun o‘tgan yilning yozida sanoqli daqiqalar uni “Real”ga ko‘chib o‘tishiga to‘sqinlik qilgandi. “Real”da bugungi kunda Keylor Navas ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Biroq rahbariyat kelajakni oldindan ko‘ra olayotganligi sababli, De Xeani sotib olish fikridan qaytmayapti. Aksincha, xarid qilish uchun kurashni davom ettirmoqda.

Pol Pogba (“Yuventus”)

Pol bu ro‘yxatda alohida o‘rin tutadi. Zidan fransiyalik iqtidor egasini olib kelishni rejasiga kiritgan. Pogba ham “Real”da o‘ynash istagi borligini bir necha marotaba ta’kidlab o‘tdi. “Yuventus” esa Pogba bo‘yicha bo‘layotgan takliflarni qabul qilmayapti. Ammo, Pogbaning o‘zi aralashadigan bo‘lsa, transfer amalga oshadi. Buning uchun Zidan bosh murabbiylik lavozimidan ketmasligi lozim. Shunda iqtidorli charm to‘p ustasi faoliyatini “Real”da davom ettirishga rozilik beradi.

Neymar (“Barselona”)

“Real” orzulari orasida ro‘yobga chiqishi deyarli nolga teng bo‘lgan vaziyat Neymar bilan bog‘liq. Chunki Neymarni o‘zi “Real”ga ko‘chib o‘tishni istagan taqdirida ham, transferni amalga oshishiga xalaqit qiladigan omillar topiladi. Birinchi galda “Barselona” Neymarni sotib yubormaydi. Faqatgina, kataloniyaliklarga taklif qilinadigan kosmik summa rahbariyatni jazavaga solmasa, qolgan vaqtda Neymar sotilmasligi tabiiy. Tinib-tinchimas “qirollik klubi” skautlari boshlanadigan transfer oynasi vaqtida yana “Barselona”ga taklif bilan chiqishlari mumkin.

Serxio Aguero (“Manchester Siti”)

Argentinalik hujumchi “Manchester Siti”ning muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi. Shu bois shayxlar hattoki kosmik narx belgilangan taqdirda ham, hujumchini sotmasa kerak. Qolaversa, “shaharliklarda” hech qachon moliyaviy tomondan muammo bo‘lmagan. Aguero “Real”ga o‘taman, deb oyoq tirab olsa, “Manchester Siti” rahbariyati transferni amalga oshishi uchun to‘sqinlik qilmasa kerak.

Eden Azar (“Chelsi”)

Ayrim mutaxassislarning ta’rifiga ko‘ra, Ronaldu va Messidan keyin Eden Azar dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin. Azar “Chelsi”ning yetakchisi maqomini allaqachon olib bo‘lgan. Shu tariqa o‘ynaydigan bo‘lsa, yaqin orada “Oltin To‘p”ni yangi sohibiga aylana oladi. Umuman olganda, futbol ahli ham yangi “Oltin To‘p” egasini yetishib chiqishini kutmoqda. Negaki, Messi va Ronalduning galma-galdan bu sovringa ega chiqishayotgani ko‘pchilikni jahlini chiqarmoqda. Futbol aynan shu ikki futbolchi atrofida o‘ralashib qolgandek taassurot qoldirmoqda. Azar “Real”ning orzusidir. Agar u ham bu klubga kelsa, jamoaning yarim himoyasi eng dahshatli qurollardan biriga aylanadi.

Marko Roys (“Borussiya D”)

Germaniya futbolining yorqin yulduzlaridan biri aynan Roys hisoblanadi. Marko maydonni juda yaxshi ko‘ra oladi. To‘p uzatishlari ham ajoyib ekanligini barcha yaxshi biladi. “Real” mana shunday futbolchisi bo‘lishi uchun har qanday mablag‘ni sarflashga tayyor turibdi. Yozda Roysning savdosiga 60 million yevro taklif qildi. Nemis klubi Roysni ayni damda sotishni rejalashtirayotganligi yo‘q. Qachonki, uning transferi narxi 100 million yevroga yetsa, shunda sotib yuborishi mumkin. Bungacha Roys “Real” variantini ko‘rib chiqadi, xolos. Umuman olganda, Roysning o‘zi ham yaqinda bergan intervyusida “Real” haqida shunday dedi: “Menga “Real”ning qiziqish bildirayotganligi quvontirgani rost. Chunki “qirollik” klubida o‘ynash har qanday futbolchining orzusidan biri hisoblanadi. Xususan mening ham “Real”da o‘ynash istagim bor. Faqatgina, “Borussiya”ni qiyin vaziyatda tashlab ketish fikridan yiroqdaman. Vaqti kelib, “Real”da ham to‘p surarman”, - deydi Marko Roys. Xullas, futbolchining orzusi shulardan iborat.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031