Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Klopp: "Liverpul" futbolchilari "Sevilya"ning birinchi golidan keyin o‘zlariga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 214           Дата: 19-05-2016, 10:46          
Klopp: "Liverpul" futbolchilari "Sevilya"ning birinchi golidan keyin o‘zlariga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishdi

Yevropa Ligasi finalida "Sevilya"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin "Liverpul" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jurnalistlar bilan muloqot qildi. Uning aytishicha, mersisaydliklar jamoasi futbolchilari "Sevilya"ning birinchi javob golidan keyin o‘zlariga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘yishgan, deyiladi "Kun" nashrida.

Final Shveysariyaning Bazel shahrida, St. Jakob-Park stadionida o‘tkazildi. "Sevilya" birinchi bo‘limda Starrijning chiroyli golini o‘tkaziyu yuborgan bo‘lsada, ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘z tomoniga og‘dira oldi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Javob gollari Kevin Gameyro (46) va Koke (64, 70) tomonidan urildi.

"O‘yinning boshlanish qismi menga yoqmadi. Keyin gol urdik va yaxshi o‘ynay boshladik. Tanaffusga bir gol ustunligi bilan chiqish yaxshi. Haqiqiy muammolar ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilanoq raqib hisobni tenglashtirganidan keyin yuzaga keldi. Mening futbolchilarim javob golidan keyin o‘zlariga bo‘lgan ishonchni, hujumkor futbol uslubiga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘yishdi. Ular faqat himoyalanish haqida o‘ylashdi va asabiylashib ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Bu shuni ko‘rsatadiki, biz umid qilganimizdek kerakli rivojlanishga erishmaganmiz. Biz shu ruhda davom etamiz va o‘yinimizni yaxshilashga harakat qilamiz.

Xudo mening finallargacha borib unda faqat yutqazishimni yozgan deb o‘ylamayman. Hayotimda bir necha marta zafar quchganman. Men bu yerda, "Liverpul" murabbiyiman.

Yana finalga chiqishimiz uchun barcha ishni qilaman. Hayotda bundan ham yomoni bo‘lib turadi, ammo bu haqiqatdan ham alamli mag‘lubiyat", deydi Klopp.

Mazkur muvaffaqiyat "Sevilya"ning UYeFA Kubogi / Yevropa Ligasidagi beshinchi sovrini bo‘ldi. Bungacha jamoa 2006, 2007, 2014 va 2015 yillarda g‘olib chiqqan edi. Jamoa YeL tashkil etilganidan buyon shu vaqtgacha finalga chiqib biron marta yutqazmagan.

Klopp esa uchinchi finalni yutqazmoqda: 2005 yilning 30 maymida "Borussiya" bilan "Volfsburg"ga qarshi Germaniya kubogi finalida (1:3), 2016 yilning 28 fevralida "Manchester Siti"ga qarshi Angliya ligasi kubogi finalida (1:1, penaltilar seriyasida - 1:3).


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031