Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Bunyodkor”ning OChLdagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki OFK reytingida O‘zbekistonga salbiy ta’sir ko‘rsatdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 346           Дата: 21-04-2016, 18:39          
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasining 2017—2018-yilgi mavsumida O‘zbekiston klublarining soni kamayishi haqiqatga yaqin. Mutaxassis Alisher Nikimbayev turnirda ishtirok etayotgan klublar natijasidan kelib chiqib tuzilgan reyting jadvalini facebook sahifasida e’lon qildi.

“Bunyodkor”ning OChLdagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki OFK reytingida O‘zbekistonga salbiy ta’sir ko‘rsatdi

Turnir reglamentiga ko‘ra, unda ishtirok etuvchi klublarning 2013-yildan 2017-yilga qadar qayd etgan natijalari, shuningdek, mamlakat bosh jamoalarining FIFA reytingidagi o‘rnidan kelib chiqib, kelasi ikki mavsum uchun yangi kvotalar tasdiqlanadi.

2015—2016-yilgi mavsum uchun OFK O‘zbekistonga 3+1 kvotasini taqdim etgandi. Unga ko‘ra, mamlakatning uch klubi guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishi, yana bitta klub esa saralash bosqichida qatnashishi belgilab qo‘yilgandi.

“Bunyodkor”ning OChLdagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki OFK reytingida O‘zbekistonga salbiy ta’sir ko‘rsatdi

Reytingning hozirgi holatidan kelib chiqilsa, O‘zbekiston endilikda 1+2 kvotasiga ega chiqishi mumkin. Bu esa Saudiya Arabistoni, BAA, Eron va Qatar mamlakatlaridan keyingi ko‘rsatkich deganidir.

2015-yilgi mavsumda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan klublarning barchasi guruh bosqichidan o‘ta olmadi. 2016-yilgi mavsum guruh bosqichi 5-turidan keyin mamlakatning hech bir klubi nimchorak final masalasini to‘liq hal etmadi. Toshkentning “Bunyodkor” klubi esa muddatidan oldinroq guruh bosqichini muvaffaqiyatsiz yakunladi.

Aynan “Bunyodkor”ning Qatar klubi “Lahviya” dan 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgani reytingdagi o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Buning natijasida Qatar reytingda O‘zbekistondan 18 ochkoga ilgarilab ketdi. Qatar jamoalari nimchorak finalga nisbatan yaqinroq ekanligi va musobaqadagi ishtirokini davom ettirishi mumkinligi hisobga olinsa, yil yakuniga ko‘ra farq yanada kattalashishi mumkin.

Qayd etish kerak, OFK reytingning asl nusxasini 2016-yil yakunida e’lon qiladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031