Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Barselona” 8 ta gol farqi bilan g‘alaba qozongan o‘yinda Suares Ronalduga deyarli yetib oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 522           Дата: 21-04-2016, 06:41          
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 34-turida “Barselona” 8:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi. La-Korunyada “Deportivo” mehmoni bo‘lgan Kataloniya klubi ketma-ket to‘rt muvaffaqiyatsiz uchrashuvdan keyin mavsumdagi eng yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

“Barselona” 8 ta gol farqi bilan g‘alaba qozongan o‘yinda Suares Ronalduga deyarli yetib oldi

Bunga qadar “Barselona”ning mavsumdagi eng yirik g‘alabasi Ispaniya Kubogi doirasida “Valensiya”ni 7:0 hisobida mag‘lub etgani bo‘lib turgandi. So‘nggi turda aynan “Valensiya”dan mag‘lubiyat qabul qilib olingach, Luis Enrike jamoasi 34-turda “Deportivo”ni ayab o‘tirmadi.

8 ta golning 4 tasiga urugvaylik hujumchi Luis Suares mualliflik qildi. Futbolchi pokerdan tashqari Messi, Rakitich hamda Neymarga golli uzatmani amalga oshirdi.

34-turdan keyin Luis Suares to‘purarlar poygasida 30 ta gol bilan Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi bo‘lib turibdi. “Real” a’zosining hisobida 31 ta muvaffaqiyatli zarba bor.

Mazkur g‘alabasidan keyin “Barselona” ochkolari sonini 79 taga yetkazib, turnir jadvalida yakka peshqadamga aylandi. “Atletiko”da 76, “Real”da 75 ochko bor.

Ispaniya La Ligasi
34-tur bellashuvlari
19 aprel, seshanba

“Espanyol” — “Selta” 1:1

Gollar: Yago Aspas, 28 (0:1). Marko Asensio, 39 (1:1).

“Betis” — “Las-Palmas” 1:0

Gol: Riki van Volfsvinkel, 83 (1:0).
Chetlatish: Aytami, 41 (L).

20-aprel, chorshanba

“Deportivo” — “Barselona” 0:8

Gollar: Luis Suares, 11 (0:1). Luis Suares, 24 (0:2). Ivan Rakitich, 47 (0:3). Luis Suares, 53 (0:4). Luis Suares, 64 (0:5). Lionel Messi, 73 (0:6). Mark Bartra, 79 (0:7). Neymar, 81 (0:8).
“Barselona”: Klaudio Bravo, Dani Alves, Xordi Alba (Adriano Korreya, 70), Mark Bartra, Serxio Buskets (Rafinya, 71), Xavyer Makerano, Ivan Rakitich, Andres Inyesta (Serxi Roberto, 59), Luis Suares, Lionel Messi, Neymar.

“Atletik” — “Atletiko”
“Valensiya” — “Eybar”
“Malaga” — “Rayo Valyekano”
“Sporting” — “Sevilya”
“Real Madrid” — “Vilyarreal”

21-aprel, payshanba
“Real Sosyedad” — “Xetafe”
“Granada” — “Levante”

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031