Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

A seriya. Franchesko Totti 3 daqiqada 2 ta gol urib “Roma”ni yana bir bor qutqarib qoldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 136           Дата: 21-04-2016, 00:35          
Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 34-tur bellashuvlaridan bittasini hisobga olmaganda, qolgan barchasi o‘z nihoyasiga yetdi.

A seriya. Franchesko Totti 3 daqiqada 2 ta gol urib “Roma”ni yana bir bor qutqarib qoldi

Turning eng qiziqarli bellashuvi Rimdagi “Olimpiko” stadionida o‘tib, “Roma” Turinning “Torino” klubi ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi — 3:2. Rimliklarning eng qariya futbolchisi Franchesko Totti bellashuvning 86-daqiqasida maydonga tushib, dublga erishdi hamda “Roma”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Bir tur avval Totti “Bolonya” maydonida “Roma”ga 1 ochko keltirgan golga mualliflik qilgan, o‘yindan keyin bosh murabbiy Luchanno Spaletti 78-daqiqada maydonga tushgan Totti 2 ta emas, 1 ta gol urganidan jahli chiqqanini hazir tariqasida aytib o‘tgandi. Oradan to‘rt kun o‘tib Franchesko o‘ziga berilgan 5 daqiqa vaqt davomida dublga erishdi.

Chempionlik sari odimlayotgan “Yuventus” esa Rimning boshqa bir klubi “Latsio”ni yirik hisobda taslim qildi. Bu “Latsio” ustozi Simione Indzagining birinchi mag‘lubiyati edi. “Yuventus” oldindagi 4 ta turdan faqatgina 1 tasini o‘z foydasiga hal qilsa, ketma-ket beshinchi bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritadi.

34-turdan keyin “Yuventus” 82, “Napoli” 73, “Roma” 68, “Inter” 61, “Fiorentina” 59 ochkoga ega.

Italiya A seriyasi
34-tur bellashuvi
20-aprel, chorshanba

“Sassuolo” — “Sampdoriya” 0:0

Noaniq penalti: Domeniko Berrardi, 89 (Sas).
Chetlatish: Andrea Ranokkya, 27 (Sam).

“Jenoa” — “Inter” 1:0

Gol: Sebastyan de Mayo, 77 (1:0).

“Kyevo” — “Frozinone” 5:1

Gollar: Daniel Chiofani, 5 (0:1). Floro Flores, 36 (1:1). Serjio Pellise, 47-pen (2:1). Nikola Rigoni, 58 (3:1). Jannero Sardo, 60 (4:1). Serjio Pellise, 80 (5:1).

“Palermo” — “Atalanta” 2:2

Gollar: Franki Vaskes, 2-pen (1:0). Marko Borrellyo, 11-pen (1:1). Gabriel Paletta, 55 (1:2). Alyaj Struna, 76 (2:2).
Chetlatish: Roberto Vitiyello, 90 (P).

“Roma” — “Torino” 3:2

Gollar: Andrea Belotti, 35-pen (0:1). Konstantinos Manolas, 66 (1:1). Xosef Martines, 80 (1:2). Franchesko Totti, 87 (2:2). Franchesko Totti, 89-pen (3:2).

“Udineze” — “Fiorentina” 2:1

Gollar: Duvan Sapata, 2 (1:0). Mauro Sarate, 24 (1:1). Siril Tero, 53 (2:1).

“Empoli” — “Verona” 1:0

Gol: Massimo Makkarone, 51 (1:0).
Chetlatish: Federio Viviani, 90 (V).

“Yuventus” — “Latsio” 3:0

Gollar: Mario Manjukich, 39 (1:0). Paulo Dibala, 52-pen (2:0). Paulo Dibala, 64 (3:0).

21-aprel, payshanba
“Milan” — “Karpi”

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031