Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shohruz Norxonov: Meni Neymar deb chaqirishsa, xursand bo‘laman

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 034           Дата: 20-04-2016, 18:18          
“Championat.asia” nashri Oliy Ligada debyut mavsumini o‘tkazayotgan Toshkentning “Obod” jamoasi yetakchi futbolchilaridan biri, “o‘zbek Neymari” nomini olgan Shohruz Norxonov bilan suhbat uyushtirdi.

Shohruz Norxonov: Meni Neymar deb chaqirishsa, xursand bo‘laman

23 yoshli hujumchi O‘zbekiston Kubogi doirasida “Oq-tepa”ga qarshi (5:0) o‘yinda to‘rtta gol urib, poker qayd etgan bo‘lsa, “Bunyodkor” (2:2) va “Qizilqum” (2:2) bilan uchrashuvlarda bittadan gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

– Ko‘pchilik sizni “o‘zbek Neymari” deb atamoqda. Bunga qanday qaraysiz?

– O‘zim Neymarning o‘yinlarini kuzatib borardim. O‘yiniga havas qilaman, shu bois shunday deb chaqirishsa, xafa bo‘lmayman, aksincha, xursand bo‘laman. Lekin uning darajasiga chiqishimga ancha bor.

– O‘zbekistonda kimlarga havas qilasiz?

– Yurtimizda kuchli va tajribali futbolchilar juda ko‘p. Odil Ahmedov va Sardor Rashidovning o‘yinlariga havas qilaman.

– Bo‘sh vaqtingizda nima qilasiz?

– Hozir bor e’tiborim futbolga qaratilgan. Ertalab o‘zim yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazaman. Jismoniy tayyorgarlikka urg‘u beraman. Dam olaman va kechki payt klub bilan birga shug‘ullanaman. Bo‘sh vaqtim hozir juda kam.

Shohruz Norxonov: Meni Neymar deb chaqirishsa, xursand bo‘laman

– Futbolchilar orasida do‘stlaringiz bormi?

– “Olmaliq”da o‘ynayotgan Murod Rajabov, “Oq-tepa” vakili Ma’ruf Ahmadjonov bilan do‘stmiz. Boshqa klublarda ham do‘stlarim bor.

– Eng katta orzuingiz?

– Dunyoning eng kuchli klub safida o‘ynash.

– “Barselona”mi?

– Shunday desa ham bo‘ladi (kuladi). Lekin buning uchun juda ko‘p ishlashim kerakligini bilaman.

– Oliy Ligada o‘ynayapsiz, gollar uryapsiz, intervyular berayapsiz. Yulduzlik kasaliga chalinib qolmaysizmi?

– Yo‘q, yo‘q. Bunday bo‘lmaydi. Erishgan natijadan havolanib ketmayman va mehnat qilishda davom etaman.

Ma’lumot o‘rnida, Shohruz Norxonov Toshkent shahri, Uchtepa tumanida tug‘ilgan. Futbol sir-asrorlarini 2-BO‘SMda o‘rganishni boshlagan. 17 yoshida 2-BO‘SMda o‘qishni tugatib, ikkinchi ligada “O‘rikzor”, “Toshkent”, keyin esa birinchi ligada “Oq-tepa”, “Istiqlol” klublarida faoliyat olib borgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн