Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Al-Ayn” yetakchisi Umar Abdulrahmon: “Nasaf”ning 1-daqiqada urgan goli rejalarimizni buzdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 233           Дата: 20-04-2016, 06:40          
“Nasaf” futbol klubiga qarshi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-tur uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan “Al-Ayn” jamoasi yetakchi yarim himoyachisi Umar Abdulrahmon o‘zbekistonlik futbolchilarning tezkor golidan dovdirab qolmaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Championat.asia” internet-nashri xabar bermoqda.

“Al-Ayn” yetakchisi Umar Abdulrahmon: “Nasaf”ning 1-daqiqada urgan goli rejalarimizni buzdi

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” — “Al-Ayn” uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga yetdi. “Nasaf” himoyachisi Maqsud Karimov urgan gol OChLning 2016-yilgi mavsumidagi eng tezkor ikkinchi gol bo‘ldi. Umar Abdulramon mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

“Qarshiga uch ochkoni qo‘lga kiritish maqsadida kelgandik, aynan g‘alaba bizni keyingi bosqichga chiqish masalamizni hal qilardi. Afsuski tezkor gol rejalarimizni buzib yubordi. Tezkor gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, ‘Al-Ayn’ o‘yinni tezda o‘z qo‘liga oldi”, — dedi amirlik futbolchi.

“D” guruhida so‘nggi — 6-tur uchrashuvlari 3-may kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni “Nasaf” BAAda “Al-Ayn” mehmoni bo‘ladi. “Nasaf” hisobida hozircha 5, “Al-Ayn” hisobida 7 ochko bor. Guruhda Qatarning “Al-Jaish” 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, so‘nggi o‘rindagi “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) hisobida 3 ochko bor.

  • “Al-Ayn” bosh murabbiyi Zlatko Dalich: “Nasaf”ning tezkor goli sabab g‘alaba qozona olmadik

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн