Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ro‘ziqul Berdiyev: “Nasaf”ga legioner futbolchilar kerak

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 101           Дата: 20-04-2016, 06:01          
“Al-Ayn” futbol klubiga qarshi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-tur uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev musobaqa nimchorak final yo‘llanmasi uchun kurash oxirigacha davom etishini ma’lum qildi. Bu haqda “Championat.asia” internet-nashri xabar bermoqda.

Ro‘ziqul Berdiyev: “Nasaf”ga legioner futbolchilar kerak

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” — “Al-Ayn” uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga yetdi. “Nasaf” himoyachisi Maqsud Karimov urgan gol OChLning 2016-yilgi mavsumidagi eng tezkor ikkinchi gol bo‘ldi.

“Hisobni ochganimizdan so‘ng tashabbusni ‘Al-Ayn’ga berib qo‘ydik. Shunga qaramay, gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Qator yetakchilarimizdan foydalana olmadik. Ammo ularning o‘rniga tushgan futbolchilar yomon harakat qilishmadi”, — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

“‘Al-Ayn’ ancha kuchli jamoa, bugun ularga qarshi yetarlicha qarshilik ko‘rsatdik. O‘yindan so‘ng futbolchilarga minnatdorchilik bildirdim. Hali musobaqadan chiqib ketganimiz yo‘q, oxirigacha kurashamiz”, — dedi “Nasaf” ustozi.

“Bizga legionerlar futbolchilar kerak. Bu masalada rahbariyat bilan gaplashganmiz. Lekin hozircha o‘zimiz istagan futbolchini olishga imkoniyatimiz yo‘q”, — deya qo‘shimcha qildi “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev.

“D” guruhida so‘nggi — 6-tur uchrashuvlari 3-may kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni “Nasaf” BAAda “Al-Ayn” mehmoni bo‘ladi. “Nasaf” hisobida hozircha 5, “Al-Ayn” hisobida 7 ochko bor. Guruhda Qatarning “Al-Jaish” 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, so‘nggi o‘rindagi “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) hisobida 3 ochko bor.

  • Artur Gevorkyan: “Al-Ayn”ga qarshi javob uchrashuviga faqat g‘alaba maqsadi bilan boramiz

    “Al-Ayn” yetakchisi Umar Abdulrahmon: “Nasaf”ning 1-daqiqada urgan goli rejalarimizni buzdi

    “Al-Ayn” bosh murabbiyi Zlatko Dalich: “Nasaf”ning tezkor goli sabab g‘alaba qozona olmadik

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн