Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OChL. “Paxtakor” birinchi safar g‘alabasini BAAda “Al-Jazira” ustidan qo‘lga kiritdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 131           Дата: 20-04-2016, 06:01          
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining “C” guruhida ishtirok etayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi nimchorak finalga chiqish imkoniyatlarini 5-turdan keyin ham saqlab qoldi. Bu yo‘lda jamoa BAAning “Al-Jazira” klubini safarda 3:1 hisobi bilan mag‘lub etdi.

OChL. “Paxtakor” birinchi safar g‘alabasini BAAda “Al-Jazira” ustidan qo‘lga kiritdi

No‘mon Hasanovning onasi betobligi tufayli “Paxtakor” BAAga bosh murabbiysiz tashrif buyurdi. Shunga qaramay O‘zbekistonning amaldagi chempioni muvaffaqiyat qozondi. Bunga qadar “Paxtakor” safardagi har ikki o‘yinda ham yengilgandi.

Mazkur g‘alabasidan keyin “Paxtakor” ochkolari sonini 7 taga yetkazib oldi. Guruhda ikkinchi bo‘lib turgan Saudiyaning “Al-Hilol” klubida 8 ochko bor. 5-tur tur doirasida “Al-Hilol” o‘z maydonida “Traktorsozi”dan mag‘lubiyat qabul qilib oldi — 0:2.

Chempionlar Ligasining so‘nggi turini “Al-Hilol” 12 ochko bilan guruhda muddatidan avval 1-o‘rinni naqd qilgan Eron klubi maydonida o‘tkazsa, “Paxtakor” Toshkentda “Al-Jazira”ni qabul qiladi. Bordi-yu, Saudiya jamoasi Eronda zafar quchgudek bo‘lsa, qanday natija qayd etishidan qat’iy nazar “Paxtakor” turnirni tark etadi. Toshkent klubi nimchorak finalga yo‘l olishi uchun “Al-Hilol” takroriy bellashuvda ham ochko yo‘qotishi kerak.

Osiyo Chempionlar Ligasi
“C” guruhi. 5-tur o‘yinlari
19-aprel, seshanba

“Al-Jazira” (BAA) — “Paxtakor” (O‘zbekiston) 1:3

Gollar: Sherzod Karimov, 10 (0:1). Ali Mabxut, 61-pen (1:1). Igor Sergeyev, 64 (1:2). Igor Sergeyev, 82 (1:3).
“Paxtakor”: Nikita Ribkin, Adnan Oraxovats, Azim Ahmedov, Sherzod Karimov (Suxrob Berdiyev, 90+2), Jaloliddin Masharipov (Oybek Qilichev, 88), Igor Sergeyev, Jamshid Boltaboyev, Javohir Sohibov, Kamoliddin Tojiyev, Davron Hoshimov, Vladimir Kozak (Akbar Ismatullayev, 74).

“Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) — “Traktorsozi” (Eron) 0:2

Gollar: Nong, 66 (0:1). Xotamiy, 81 (0:2).

O‘ Jamoa O‘ G‘ D M T/N O 1 “Traktorsozi” 5 4 0 1 9:1 12 2 “Al-Hilol” 5 2 2 1 8:6 8 3 “Paxtakor” 5 2 1 2 7:9 7 4 “Al-Jazira” 5 0 1 4 2:10 1 - deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн