Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Lester” jamoasining avstraliyalik muxlisi chempionlikni ko‘rish uchun saratonga qarshi kurashmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 610           Дата: 19-04-2016, 06:26          
Bir yil muqaddam 51 yoshli sobiq politsiyachi, avstraliyalik Toni Skeffington qornidagi og‘riqlar tufayli shifokor ko‘rigiga borib, u yerda qo‘rqinchli xabarni eshitdi: ayni kuchga to‘lgan erkak kamyob xastalik — ko‘richak saratoniga chalingani ma’lum bo‘ldi. Lekin futbolga bo‘lgan muhabbat Skeffingtonga dalda bo‘ldi. Uning hikoyasini “Chempionat” keltiradi.

“Lester” jamoasining avstraliyalik muxlisi chempionlikni ko‘rish uchun saratonga qarshi kurashmoqda

Shifokorlar kasallik o‘tkazib yuborilganini aytdi; umuman olganda, ko‘richak saratoni o‘zini kech namoyon etadi, uning diagnostikasi va davolanishi og‘ir kechadi. Avstraliyaning Adelaida shahridagi qirolicha Yelizaveta nomidagi shifoxona onkologlari Skeffingtonning to‘rt hafta, nari borsa bir yarim oy umri qolganini e’tirof etdi. Uning kunlari shifoxonada — palatada, kimyo terapiyasi xonasida, og‘riq qoldiruvchi dori-darmonlar ketma-ketligi ichida o‘ta boshladi. Shifokorlar uni har kuni hisobsiz tekshiruvlardan o‘tkazar, yangidan-yangi muolajalar, dorilar, tahlillar belgilar edi. Xastalikning yakuni muqarrar o‘lim ekanligini bo‘yniga olgan Toni dori-darmonga umid bog‘lamasa-da, nihoyani kutib soat sanash qo‘rqinchli va zerikarli edi. Ertalabki soatlarini doktorlarga topshirgan bemor kechki soatlarini “Lester”ga bag‘ishladi.

Ertalab va tushlik chog‘i uxlab, kuch to‘plab olgan Skeffington kechki payt og‘riqsizlantiruvchi dorilar ta’sirida o‘zini yaxshi his etar va Yer sayyorasining narigi qismida to‘p surayotgan “Lester” jamoasining o‘yinlarini sabrsizlik bilan kutar edi. “Tulkilar” — Tonining hayotida rafiqasi Donna va uch farzandidan keyingi o‘rinda turuvchi muhabbat. U hech qachon Lesterda bo‘lmaganiga qaramay, jamoaning eng sadoqatli muxlislardan biridir.

“Lester” jamoasining avstraliyalik muxlisi chempionlikni ko‘rish uchun saratonga qarshi kurashmoqda

Tonining otasi Avstraliyaga Irlandiyadan ko‘chib kelgan bo‘lib, Skeffingtonlar avlodining kelib chiqishi pirovardida Lestershirdagi Xarbro okrugiga borib taqaladi. Bolalikda bu haqda ko‘p hikoyalar eshitgan Toni “Lester”ni ildizlariga bo‘lgan hurmat va sadoqat ramzi o‘laroq tanladi.

“U paytlar futbol Avstraliyada mutlaqo mashhur emasdi. Lekin mening omadim keldi — bolaligimdanoq do‘stlarim bilan aynan Angliya qonun-qoidalariga muvofiq to‘p tepib yurardim. Bolaligimda ‘Lester’ga bo‘lgan muhabbatimni ‘Midlsbro’ga muxlislik qiladigan qo‘shni oila yanada mustahkamladi. Ularga Buyuk Britaniyadan turli futbol esdaliklarini yuborishardi; o‘shanda men ulardan ‘tulkilar’ning futbolkasini oldim. U paytlar bundan ortig‘ini orzu qilib bo‘lmasdi. Bugun ‘Lester’ga muxlislik qilish ancha oson — Premyer-liganing, internet va zamonaviy texnologiyalarning rivoji tufayli men barcha o‘yinlarni Adelaidadan turib ko‘rishim va futbolkalar buyurtirishim mumkin”, — deb hikoya qiladi Skeffington.

Toni shifoxonada ham an’analarini tark etmadi: o‘yin kunlari u “tulkilar”ning “10” raqami va o‘z familiyasi tushirilgan futbolkasini kiyadi. “Lester” g‘alaba qozonsa — futbolkani yechmaydi; durang qayd etilsa — qora tusdagi safar libosiga burkanadi; mag‘lubiyat qayd etilgan kunlari — o‘tgan mavsum namunasidagi maykada yuradi. Internet orqali futbol jamoalari atributlarini buyurtma qilish imkoniyati tug‘ilishi munosabati bilan Skeffington “tulkilar”ning turfa rang va tusdagi, har xil mavsumga oid formalarini to‘play oldi. Shuningdek, Toni klub emblemasi Avstraliya bayrog‘i bilan yonma-yon joylashgan banner yasab oldi; Yashil qit’ada “Lester” fan-klubiga asos soldi hamda unda o‘z ta’sirida “Lester”ga qiziqa boshlagan do‘stlarini to‘pladi.

“Bizning shaharchadagi barlarda asosan ‘Chelsi’, ‘MYu’ va ‘Manchester Siti’ muxlislarini uchratish mumkin. Bu klublar haqida ko‘p gapiriladi va yoziladi. Ammo bunday ‘plastik’ muxlislik menga ma’qul emas. Ilgari ular mening ‘Lester’ga bo‘lgan muhabbatim ustidan kulardi; hozir ko‘p narsa o‘zgardi”, — deydi Skeffington.

50 yosh atrofidagi baquvvat erkakning bunday xastalikka yo‘liqish ehtimoli 50 mingdan bir imkoniyatga tengdir. “Lester” futbol jamoasining Angliya Premyer-ligasi chempioniga aylanishi ehtimoli mavsum boshida 5 mingdan bir imkoniyatga tenglashtirilgan edi. Buni qarangki, “Lester”ning chempion bo‘lish orzusi real hayotga ko‘chishi bugun deyarli aniq bo‘lib qoldi. Ayni paytda, jamoaning eng sadoqatli muxlislaridan biri — Skeffingtonning hayotida ham mo‘jizalar yuz bera boshladi.

“Lester” jamoasining avstraliyalik muxlisi chempionlikni ko‘rish uchun saratonga qarshi kurashmoqda

2015-yilning mayida qator yaxshi natijalarga erishgan “Lester” Premyer-ligadagi o‘rnini saqlab qoldi. Oradan bir necha kun o‘tib, shifokorlar Skeffingtonning ham hayoti saqlab qolinganini hayrat ila e’tirof etdi. Saratonning bunday shakli va bosqichida odatda samarasiz hisoblanadigan kimyo terapiyasi va boshqa muolajalar natija berdi. Toni uyga qaytdi.

Sobiq politsiyachining hayotidagi eng sehrli yoz boshlandi — bu oylarni u oilasi va yaqinlari davrasida, sayohatda, restoranlarda, plyajda va boshqa joylarda o‘tkazdi. Ayni paytda u tepasiga Klaudio Ranyeri kelgan “Lester”ning yangi mavsumini kuta boshladi.

Skeffington navbatdagi kimyo terapiyasiga hozirlik ko‘rarkan, “tulkilar” aql bovar qilmas o‘yin namoyish etib, Angliya chempionatining cho‘qqisini egallab oldi. Yozning oxirida, Premyer-liganing dastlabki turlari o‘tganidan so‘ng Toni rafiqasiga “Lester”ning chempion bo‘lishiga pul tikishni so‘ragan edi.

“O‘shanda koeffitsiyent, biroz tushganiga qaramay, 3 mingdan bir imkoniyatni tashkil etayotgandi. Men Donnadan 2 dollar tikishni so‘ragandim, u esa 20 dollar tikkan ekan. Men undan bu xatosi uchun minnatdorman”, — deb esga oladi u kunlarni Skeffington.

Avgustda oila “Lester” chempionligiga tikilgan pulning qaytishidan umid qilmagan edi. Ammo martda bukmeker ularga sovrinni muddatidan oldin, u 60 ming dollarga aylanib ketmasidan burun olib ketishni taklif qildi. Toni kutishga tayyor edi, biroq oilaning qarori bilan bukmekerlik kontorasidan 35 ming dollar olindi. Shu tariqa, “Lester” joriy mavsumda Skeffingtonlar oilasiga bir dunyo pul va, asosiysi, hayotga, g‘alabaga ishonch tuhfa etdi.

“Uchinchi ligada to‘p surayotganida kuzata boshlaganing jamoa chempion bo‘lishini ko‘rmay vafot etish, albatta, alam qiladi, — tan oladi Toni. — Lekin, nima bo‘lganda ham, ushbu mavsumdan bir olam g‘urur tuydim va taqdir menga buni ko‘rishim uchun yana bir yil umr berganidan baxtliman”.

“Lester” jamoasining avstraliyalik muxlisi chempionlikni ko‘rish uchun saratonga qarshi kurashmoqda

Tonining amalga oshmagan yana bir orzusi bor — Lestershirda bo‘lish, “tulkilar” o‘yinini bevosita stadionda turib kuzatish. Ilgari buni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyatlar yetishmagan bo‘lsa, endi sog‘liq masalasi kun tartibida turibdi.

Yanvar oyida u o‘z hikoyasini “Lester” muxlislari forumi — Foxes Talk’da bayon etdi. Dastavval bu haqda mahalliy Leicester Mercury nashri yozib chiqdi, so‘ng u ma’lumotlar mashhur tabloidlarga yetib bordi. Minglab odamlar forumda, OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda Toniga xayrixohlik bildirdi. Jamoa ham chetda qolmadi — Skeffingtonning sevimli o‘yinchisi Endi King o‘z dastxati tushirilgan “tulkilar” bayroqchasini Avstraliyaga yubordi. “Lester” muxlislaridan biri Toniga istalgan uchrashuvda VIP-lojani egallashni taklif qildi.

Afsuski, oxirgi oylarda Skeffingtonning sog‘lig‘i yana yomonlashdi — shifokorlar unga parvozni taqiqladi.

“Taassufki, ‘Lester’ning o‘yinida bo‘lish aslida unchalik qiyin emasligini kech tushundim”, — deb o‘kinadi Toni.

Biroq Angliya Premyer-ligasida “Lester” ko‘rsatayotgan mo‘jizalarga guvoh bo‘lgan muxlislar yana bir mo‘jiza ro‘y berib, Tonining omon qolishidan umid qilmoqda. Toniga “tulkilar”ning shiori dalda bo‘lmoqda — Foxes never quit.

5-aprel kuni, navbatdagi, eng og‘ir kimyo terapiyasi kursidan keyin Skeffington yana uyga qaytdi. Ahvoli juda og‘ir bo‘lishiga qaramay, u forumda va Facebook’dagi sahifasida “Lester”ning “Sautgempton” ustidan qozongan g‘alabasi haqida ikki og‘iz mamnuniyat so‘zlarini yozdi.

Oldinda yana to‘rt tur qoldi. Ularning davomida “tulkilar” Premyer-liga cho‘qqisini hech kimga berib qo‘ymasligi lozim. Bir yil muqaddam o‘lishi aytilgan Skeffingtonning maqsadi esa — hech bo‘lmaganda yana to‘rt hafta yashash va chempionlikni ko‘rish.

Kuchli nurlanishdan so‘ng mustaqil ravishda ovqatlanish qobiliyatini yo‘qotib, osma tomizgichdan oziqlantirilayotgan Toni navbatdagi o‘yin kuni ham Donnadan televizor yoqishni so‘raydi va “Lester”ni kuzatishda davom etadi. U sevimli jamoasining navbatdagi golidan, navbatdagi g‘alabasidan, o‘limdan yutib olgan navbatdagi lahzasidan quvonadi.

“Lester” jamoasining avstraliyalik muxlisi chempionlikni ko‘rish uchun saratonga qarshi kurashmoqda
- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031