Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Barselona”ga nimalar bo‘lyapti? Katalon klubining inqirozi raqamlarda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 195           Дата: 19-04-2016, 00:35          
Ispaniya chempionati 33-turida “Barselona” o‘z maydonida “Valensiya”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, “Atletiko” va “Real”dan ustunligini yo‘qqa chiqardi. “Sports.ru” nashri “Barselona”ning inqirozini raqamlar bilan izohlab berdi.

“Barselona”ga nimalar bo‘lyapti? Katalon klubining inqirozi raqamlarda

– “Barselona” La Liga doirasida ketma-ket uch o‘yinda (“Real” – 1:2, “Real Sosyedad” – 0:1, “Valensiya” – 1:2) mag‘lubiyatga uchradi. Bunday salbiy natijani kataloniyaliklar 2003-yilning yanvar–fevral oylarida qayd etgandi. O‘shanda “Barselona” prezidenti Joan Gaspar bo‘lgan.

– La Liganing so‘nggi to‘rt o‘yinida “Barselona” mavjud bo‘lgan 12 ochkodan atigi 1 ochko ishlab oldi. “Atletiko” ushbu vaqt oralig‘ida 9, “Real” esa barcha 12 ochkoni ishlab oldi.

– “Barselona” 20-mart kuni “Vilyarreal” bilan durang (2:2) qayd etganidan so‘ng, “Atletiko” bilan farq 9 ochkoni tashkil qilayotgan edi. Hozir esa “Barselona” va Diyego Simeone jamoasi hisobida 76 ochkodan mavjud. “Real”da 75 ochko bor.

– Messining golsiz va uzatmalarsiz seriyasi 515 daqiqa davom etdi. Argentinalik futbolchi 16-martdan buyon biror marta ham “gol+pas” tizimida ochko to‘play olmadi. O‘shandan buyon u “Vilyarreal” (2:2), “Real” (1:2), “Atletiko” (2:1), “Real Sosyedad” (0:1) va yana “Atletiko” (0:2) jamoalariga qarshi o‘yinlarda maydonga tushgandi. “Valensiya”ga qarshi o‘yinda golsiz seriyasiga barham bergan Messi faoliyatidagi gollari sonini 500 taga yetkazib oldi.

– “Barselona” 2013-yildan buyon “Kamp Nou”da o‘tkazilgan o‘yinlarning birinchi bo‘limida ikkita gol o‘tkazib yubormagan edi. O‘shanda kataloniyaliklar 4:2 hisobida “Betis”dan ustun kelgandi. Qayd etish kerakki, “ko‘k-anorranglilar” o‘z maydonida so‘nggi bor 1947-yilda “Atletiko”ga qarshi (3:2) birinchi bo‘limdan keyin 0:2 hisobida imkoniyatni boy bera turib, mag‘lubiyatdan qutulib qolgandi.

– Luis Enrike shogirdlari so‘nggi 16 o‘yindan atigi 3 tasida o‘z darvozalarini daxlsiz qoldirgan.

– “Barselona” so‘nggi olti o‘yindan to‘rttasida 2 va undan ortiq gol o‘tkazib yuborgan. E’tiborlisi, qatorasiga to‘rt o‘yinda kataloniyaliklar birinchi bo‘lib o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqqan.

– Luis Suares so‘nggi 3 o‘yinda biror marta ham raqib darvozasi tomon aniq zarba yo‘llamagan.

– Santi Mina joriy mavsumning har ikki davrasida “Barselona” darvozasiga gol kiritib, “Selta” hujumchisi Yon Gvidettining muvaffaqiyatini takrorladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн