Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ko‘zi ojizlar ham futbolni deb stadionga keladi. “Bunyodkor” stadionida imkoniyati cheklanganlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 432           Дата: 17-04-2016, 18:24          
“Bunyodkor” stadioni sig‘imi, olib-sotarlar va qalbakilashtirib bo‘lmas chiptalar haqida stadion direktori Vohid Zokirov bilan suhbatda ma’lumot olgan “Daryo” muxbiri stadionda nogiron va imkoniyati cheklanganlar uchun yaratilgan qulayliklarga ham qiziqib ko‘rdi.

Ko‘zi ojizlar ham futbolni deb stadionga keladi. “Bunyodkor” stadionida imkoniyati cheklanganlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida

Vohid Zokirovning ma’lum qilishicha, nogironlar aravachasidagi imkoniyati cheklangan muxlislar uchun stadionda 40 ta joy ajratilgan.

“Nogironlar aravachasidagi imkoniyati cheklanganlar muxlislar va ularni kuzatib kelganlar uchun stadionga kirish bepul. Faqatgina imkoniyati cheklangan muxlis haqiqatan ham nogiron ekanini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishi kerak. Hech kimni xafa qilish niyatim yo‘q, ammo shunday voqea guvohi bo‘lganmanki, sog‘-salomat inson nogironlar aravachasiga o‘tirib, stadionga bepul kirishga uringan. Mana shunday qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida hujjat talab etiladi”, — dedi Zokir Vohidov.

“Ko‘zi ojiz futbol muxlislariga 20 ta bepul chiptalar taqdim qilish uchun ko‘zi ojizlar jamiyatidan bizga iltimos kelib tushgan. Albatta, chiptalarni taqdim qilishga rozilik berdik. Yana bir bor ta’kidlayman, hech kimni xafa qilish niyatida emasman, biroq ‘ko‘zi ojizlar qanday qilib stadionda futbol ko‘ra oladi?’ degan savol bilan ularga yuzlandim. Birinchidan, ko‘zi ojizlar eshitish orqali maydonda futbolchilar qaysi tomonga harakatlanishini bilib olar va o‘z ongida o‘yin holatini tasavvur qilar ekan. Ikkinchidan, ularning yon atforidagi muxlislar o‘yin haqida, jamoalar qaysi tomondan joy olganligi haqida ma’lumot berib turadi”, — deb yuqoridagi voqeani ta’riflab berdi Vohid Zokirov.

“Bunyodkor” futbol klubi matbuot xizmati boshlig‘i, taniqli sharhlovchi Mirzahakim To‘xtamirzayev ushbu voqeaga qo‘shimcha qildi.

“Ko‘zi ojizlar orasida xalq hofizi Orolmirzo Safarov O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng ashaddiy muxlislaridan biri. Bu inson maydonga tushadigan jamoalar tarkibini mendan ham yaxshi biladi. Bunday insonlar o‘yinni o‘zgacha hissiyot va eshitish orqali kuzatib boradi”, ” dedi Mirzahakim To‘xtamirzayev.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн