Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

La Liga, 33-tur. Benzema Messiga yetib olgan o‘yindan keyin “Real” 2-o‘ringa ko‘tarildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 250           Дата: 17-04-2016, 06:54          
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 33-turida ikkita bellashuv yakunlandi.

La Liga, 33-tur. Benzema Messiga yetib olgan o‘yindan keyin “Real” 2-o‘ringa ko‘tarildi

Chempionlik uchun kurash olib borayotgan Madridning “Real” klubi so‘nggi pog‘onada borayotgan “Xetafe” maydonidan 3 ochko bilan qaytdi. Mehmonlarning 5 ta goliga mezbonlar bir marta javob qaytardi.

Mazkur bellashuvdan keyin Krishtianu Ronaldu La Liganing joriy mavsumidagi gollari sonini 31 taga yetkazib oldi. Uning eng yaqin ta’qibchisi Luis Suares hisobida 26 ta gol bor. Karim Benzema esa “Xetafe” darvozasiga urilgan goldan keyin Lionel Messi bilan tenglashdi — 22 ta gol. Neymarda 21 ta gol mavjud.

Mazkur turda “Levante” ham o‘z hisobiga 3 ochko yozib qo‘ydi. Shu tariqa ligada jon saqlab qolish ilinjida bo‘lgan klublarning har uchalasi: “Sporting”, “Levante” va “Xetafe” 28 tadan ochkoga ega bo‘lib oldi. Bitta o‘rin oldindagi “Granada” hisobida 30 ochko bor.

16-aprel holatiga ko‘ra “Real” 75 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. “Atletiko” hamda “Barselona” klublari o‘z uchrashuvlarini 17-aprel sanasida o‘tkazadi.

Ispaniya La Ligasi
33-tur bellashuvlari
15-aprel, juma

“Levante” — “Espanyol” 2:1 (1:1)

Gollar: Ernan Peres, 7 (0:1). Juzeppe Rossi, 23 (1:1). Karl Mejani, 66 (2:1).

16-aprel, shanba

“Xetafe” — “Real Madrid” 1:5 (0:2)

Gollar: Karim Benzema, 29 (0:1). Isko, 40 (0:2). Garet Beyl, 50 (0:3). Pablo Sarabiya, 83 (1:3). Xames Rodriges, 88 (1:4). Krishtianu Ronaldu, 90+2 (1:5).
“Real”: Keylor Navas, Daniel Karvaxal (Xose Ignasio Nacho, 52), Marselo, Pepe, Rafael Varan, Toni Kroos, Isko, Xames Rodriges, Garet Beyl (Lukas, Vaskes, 57), Karim Benzema (Xese, 67), Krishtianu Ronaldu.

“Las-Palmas” — “Sporting”
“Eybar” — “Real Sosyedad”
“Selta” — “Betis”

17-aprel, yakshanba
“Malaga” — “Atletik”
“Sevilya” — “Deportivo”
“Atletiko” — “Granada”
“Rayo Valyekano” — “Vilyarreal”
“Barselona” — “Valensiya”

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031