Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

APL, 34-tur. “Aston Villa” 29 yildan keyin birinchi bor Premyer-liga bilan xayrlashdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 204           Дата: 17-04-2016, 06:54          
Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasining 34-turiga kelib quyi divizionga tushib ketgan birinchi klub nomi ma’lum bo‘ldi. Birmingemning “Aston Villa” klubi so‘nggi bor 1987-yil elita bilan xayrlashgandi. Oradan 29 yil o‘tib, bu voqea yana bir bor takrorlandi.

APL, 34-tur. “Aston Villa” 29 yildan keyin birinchi bor Premyer-liga bilan xayrlashdi

“Aston Villa” so‘nggi umidni “Old Trafford”da yo‘qotdi. “Manchester Yunayted” raqibini 1:0 hisobida mag‘lub etib, oldindagi to‘rt tur natijasidan qat’iy nazar, Birmingem klubini Premyer-liga bilan xayrlashishga majbur etdi. Bir tur avval “Yunayted”ning mag‘lubiyati “Lester”ga Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini taqdim etgandi.

“MYu” ochkolari sonini 56 taga yetkazib oldi. Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” 57, “Vest Hem” esa 52 ochkoga ega.

“Nyukasl” esa Rafael Benites boshqaruvida o‘zining birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. “Suonsi”ni qabul qilgan jamoa yirik – 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi. 34-turdan keyin “Norvich” — 31, “Sanderlend” — 30, “Nyukasl” — 28 ochkoga ega. Elitada qolish yo‘lidagi kurash asosan mana shu uch klub o‘rtasida kechadi.

Angliya Premyer-ligasi
34-tur bellashuvlari
16-aprel, shanba

“Manchester Yunayted” — “Aston Villa” 1:0

Gol: Markus Rashford, 32 (1:0).
“Manchester Yunayted”: David de Xea, Markos Roxo, Kris Smolling, Deyli Blind, Antonio Valensiya, Morgan Shneyderlen, Xuan Mata (Timoti Fosu-Mensa, 90), Maruan Fellayni, Markus Rashford (Antoni Marsyal, 76), Ueyn Runi (Jessi Lingard, 67), Memfis Depay.

“Everton” — “Sauthempton” 1:1

Gollar: Ramiro Mori, 68 (1:0). Sadio Mane, 76 (1:1).

“Nyukasl” — “Suonsi” 3:0

Gollar: Jamal Lassells, 40 (1:0). Mussa Sissoko, 82 (2:0). Endros Taunsend, 89 (3:0).

“Vest Bromvich” — “Uotford” 0:1

Gol: Ben Uotson, 27 (0:1).

  • APL, 34-tur. “Sanderlend” yirik g‘alabaga erishib, ligada jon saqlab qolish uchun qadam tashladi

“Chelsi” — “Manchester Siti”

17-aprel, yakshanba
“Bornmut” — “Liverpul”
“Lester” — “Vest Hem”
“Arsenal” — “Kristal Pelas”

18-aprel, dushanba
“Stok Siti” — “Tottenhem”

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн