Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

APL, 34-tur. “Chelsi”ni yirik hisobda mag‘lub etgan “Manchester Siti” 3-o‘ringa ko‘tarildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 71           Дата: 17-04-2016, 06:05          
Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasining markaziy o‘yinida “Chelsi”ni mag‘lub etgan “Manchester Siti” turnir jadvalida “Arsenal”dan oldinga o‘tib oldi.

APL, 34-tur. “Chelsi”ni yirik hisobda mag‘lub etgan “Manchester Siti” 3-o‘ringa ko‘tarildi

Tomonlarning “Etihad” arenasida bo‘lib o‘tgan o‘yinidagi kabi, “Stemford Bridj” stadionida ham “Manchester Siti” 3:0 hisobida zafar quchdi. Argentinalik hujumchi Serxio Agueroning xet-trigiga London klubi safidan hech kim javob berolmadi.

Uchrashuvning 78-daqiqasida bosh hakam Mayk Din “Chelsi” posboni Tibo Kurtuani maydondan chetlatdi hamda mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Shunga qadar ham “Siti” 2 ta gol farqi bilan oldinda borayotgandi.

Mazkur turdan keyin Aguero gollari sonini 21 taga yetkazib, “Lester” hujumchisi Jeymi Vardi bilan tenglashib oldi. To‘purarlar poygasida Harri Keyn 22 ta gol bilan peshqadam.

Ketma-ket ikki turni mag‘lubiyat bilan yakunlagan “Chelsi” 44 ochko bilan 10-pog‘onada bormoqda. “Manchester Siti” esa 60 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. 59 ochkoga ega “Arsenal” 17-aprel kuni “Kristal Pelas”ga qarshi maydonga tushadi.

Angliya Premyer-ligasi
34-tur bellashuvi
16-aprel, shanba

“Chelsi” — “Manchester Siti” 0:3

Gollar: Serxio Aguero, 33 (0:1). Serxio Aguero, 54 (0:2). Serxio Aguero, 80-pen (0:3).
“Chelsi”: Tibo Kurtua, Sesar Aspilikueta, Abdul Baba, Branislav Ivanovich, Gari Kexill, Jon Obi Mikel (Asmir Begovich, 79), Villian (Robert Kenedi, 70), Sesk Fabregas, Ruben Loftus-Chik, Pedro Rodriges (Bertran Traore, 70), Diyego Kosta.
“Manchester Siti”: Jo Xart, Pablo Sabaleta (Bakari Sanya, 60), Aleksandar Kolarov, Nikolas Otamendi, Elyakim Mangala, Fernandinyo, Xesus Navas, Yaya Ture, Kevin de Bryuyne, Samir Nasri (Fabian Delf, 75), Serxio Aguero (Kalechi Ixeanacho, 85).
Chetlatish: Tibo Kurtua, 78 (Ch).

  • APL, 34-tur. “Aston Villa” 29 yildan keyin birinchi bor Premyer-liga bilan xayrlashdi

  • APL, 34-tur. “Sanderlend” yirik g‘alabaga erishib, ligada jon saqlab qolish uchun qadam tashladi

17-aprel, yakshanba
“Bornmut” — “Liverpul”
“Lester” — “Vest Hem”
“Arsenal” — “Kristal Pelas”

18-aprel, dushanba
“Stok Siti” — “Tottenhem”

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн