Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

A seriya, 33-tur. Chempionlik uchun da’vogar “Napoli” “Inter”dan mag‘lubiyatga uchradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 223           Дата: 17-04-2016, 00:44          
Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 33-turida mamlakat chempionligi uchun kurash olib borayotgan Neapolning “Napoli” klubi Milanda “Inter”dan mag‘lubiyat qabul qilib oldi.

A seriya, 33-tur. Chempionlik uchun da’vogar “Napoli” “Inter”dan mag‘lubiyatga uchradi

Mezbonlarning birinchi bo‘limda kiritgan ikki goliga “Napoli” futbolchilari javob bera olmadi. 17-aprel kuni “Yuventus” 3 ochkoni qo‘lga kiritsa, peshqadamlar orasidagi farq 9 taga qadar yetadi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Inter” 61 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi. “Roma” 64, “Fiorentina” 56 ochko jamg‘argan.

Liga debyutanti “Karpi” esa xavfli zonadan chiqib oldi. “Jenoa”ga qarshi o‘yindagi yirik g‘alabada Armando Itssoning maydondan chetlatilishi muhim rol o‘ynadi. Unga qadar hisobda oldinda borayotgan mehmonlar, bir kishi qolgandan keyin 4 ta gol o‘tkazib yubordi.

“Karpi” ochkolari sonini 31 ta yetkazib, 28 ochkosi bor “Palermo”ni xavfli zonaga kiritib yubordi. Mazkur turda “Palermo” Turinda “Yuventus” mehmoni bo‘lishi inobatga olinsa, 33-tur yakuniga ko‘ra ahvolini yaxshilay olmasligi ham mumkin.

Italiya A seriyasi
33-tur bellashuvlari
16-aprel, shanba

“Bolonya” — “Torino” 0:1

Gol: Andrea Belotti, 90+2-pen (0:1).

“Karpi” — “Jenoa” 4:1

Gollar: Leonardo Pavoletti, 34 (0:1). Antonio Di Gaudio, 45+4 (1:1). Lorenso Lollo, 45+5 (2:1). Lorenso Pashiuti, 49 (3:1). Stefano Sabelli, 86 (4:1).
Chetlatish: Armando Itsso, 45+1 (J).

“Inter” — “Napoli” 2:0

Gollar: Mauro Ikardi, 4 (1:0). Marselo Brozovich, 44 (2:0).
“Inter”: Samir Xandanovich, Danilo D’Ambrozio, Yuto Nagatomo, Joao Miranda, Jeyson Murilyo, Gari Medel, Marselo Brozovich, Joffrey Kondogbia (Jonatan Biabiani, 68), Ivan Perishich, Mauro Ikardi (Rodrigo Palasio, 880, Stevan Yovetich (Felipe Melo, 77).
“Napoli”: Pepe Reyna, Elseid Xyusay, Ivan Strinich (Fauzi Gulam, 50), Raul Albiol, Kalidu Kulibali, Jorjinyo (Omar El-Kadduri, 73), Markes Allan, Marek Hamshik, Xose Kalyexon, Manolo Gabbyadini, Lorenso Insinye (Dris Mertens, 51).

17-aprel, yakshanba
“Atalanta” — “Roma”
“Udineze” — “Kyevo”
“Fiorentina” — “Sassuolo”
“Verona” — “Frozinone”
“Yuventus” — “Palermo”
“Latsio” — “Empoli”
“Sampdoriya” — “Milan”

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн