Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ikki nafar o‘zbekistonlik dzyudochi Toshkentdagi Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 269           Дата: 16-04-2016, 18:31          
Kecha, 15-aprel kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport saroyida dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning birinchi kunida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan dzyudochilardan Diyorbek O‘rozboyev hamda Mirali Sharipov mos ravishda kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ikki nafar o‘zbekistonlik dzyudochi Toshkentdagi Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi

Eng yengil hisoblangan -60 kilogramm vazn toifasida Diyorbek O‘rozboyev finalga qadar kechgan bellashuvlarda Eron, Xitoy Taypeyi va Qozog‘iston terma jamoasi a’zolarini mag‘lub etib, kumush medal sovrindori bo‘ldi. Hal qiluvchi bahsda ham Diyorbek qozog‘istonlik raqibi Yeldos Smetovdan so‘nggi soniyalarga qadar ustunlik qilayotgan edi, biroq bellashuvning so‘nggi soniyalarida o‘zbekistonlik dzyudochiga biroz omad yetishmadi.

O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga bronza medalini Mirali Sharipov keltirdi. Og‘irlik vazni -73 kilogramm bo‘lgan polvonlar bahsida ishtirok etgan o‘zbekistonlik dzyudochi saralash bosqichida dastlab qirg‘izistonlik Tariel Usenovni yengib, ikkinchi davrada yaponiyalik Soichi Xashimotoga yutqazib qo‘ydi. O‘tish bosqichida kurashni davom ettirgan Sharipov dastlab tojikistonlik Shuhratjon Farxizodani, uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda esa qozog‘istonlik Dastan Yakubayevni muddatdan avval mag‘lubiyatga uchratdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, mazkur Osiyo chempionatida Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun reyting ochkolari ham o‘ynalmoqda. Xususan, birinchi o‘rin sohiblari 400, kumush medal sovrindorlari 260, uchinchi o‘rin egalari esa 160 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн