Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Oliy Liga, 5-tur. Mag‘lub bo‘lmay kelayotgan “Qizilqum” “Paxtakor”ni 2 ochkodan mosuvo qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 106           Дата: 15-04-2016, 18:38          
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 5-tur bellashuvlari start oldi. Uning 15-aprel sanasiga belgilangan o‘yinlarida Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etayotgan klublardan uchtasi maydonga tushdi.

Oliy Liga, 5-tur. Mag‘lub bo‘lmay kelayotgan “Qizilqum” “Paxtakor”ni 2 ochkodan mosuvo qildi

Mavsum boshidan buyon o‘tkazilgan rasmiy o‘yinlarning hech birida mag‘lubiyatga uchramagan Toshkentning “Lokomotiv” klubi “Mash’al” ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi. Bir tur avval “Lokomotiv” Jizzaxda ochko yo‘qotgan bo‘lsa, “Mash’al” mavsumdagi birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgandi.

Mazkur bellashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasining vitse-sardori Server Jeparov mavsumdagi birinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Oliy Liganing dastlabki to‘rt turida 5 ta gol kiritgan Temurxo‘ja Abduxoliqov, bu safar ham muvaffaqiyat qozondi. Shu tariqa Abduxoliqov barcha turda gol urayotgan yagona futbolchiga aylanib oldi.

Turning markaziy o‘yini Navoiy shahrida, “Qizilqum” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Dastlabki to‘rt turda 10 ochko ishlagan “Qizilqum” mamlakatning amaldagi chempioniga ham jiddiy qarshilik ko‘rsata oldi.

Bir tur avval Toshkentda “Obod” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan Navoiy klubi, bu safar “Paxtakor” bilan ham shu natijaga imzo chekdi. Bu “Paxtakor”ning ketma-ket uchinchi durang natijasi edi.

Kunning so‘nggi o‘yinida “Nasaf” 3 ochko egasiga aylandi. Jamoa sardori Artur Gevorkyan 24-daqiqasida qizil kartochka olgan “Qo‘qon—1912”ga qarshi o‘yin Sherzod A’zamovning birgina goli bilan yakuniga yetdi. Bir soatdan ziyod vaqt davomida bir kishi ko‘p harakat qilgan Qo‘qon klubi, o‘yin yakuniga qadar vaziyatni o‘nglay olmadi.

5 ta o‘yinda 13 tadan ochko jamg‘argan “Lokomotiv” va “Nasaf” klublari turnir jadvalida qo‘shhokimlikni yuzaga keltirgan. “Qizilqum” 11 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. “Paxtakor” hisobida esa 9 ochko bor.

5-turning qolgan bellashuvlari 16—17-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
5-tur bellashuvi
15-aprel, juma

“Lokomotiv” — “Mash’al” 3:1

Gollar: Server Jeparov, 27-pen (1:0). Sardor Mirzayev, 67 (2:0). Temurxo‘ja Abduxoliqov, 79 (3:0). Shahzod Shaymanov, 90+1 (3:1).

“Qizilqum” — “Paxtakor” 2:2

Gollar: Igor Sergeyev, 64 (0:1). Samandar Shodmonov, 72 (1:1). Kamoliddin Tojiyev, 81 (1:2). Georgiy Kvesiyeshvili, 90+4 (2:2).

“Nasaf” — “Qo‘qon—1912” 1:0

Gol: Sherzod A’zamov, 28 (1:0).
Chetlatish: Artur Gevorkyan, 24 (N).

16-aprel, shanba
“Metallurg” — “Obod”
“Navbahor” — “Sho‘rtan”
“Neftchi” — “So‘g‘diyona”
“Bunyodkor” — “Olmaliq”

17-aprel, yakshanba
“Buxoro” — “Andijon”

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031