Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yevropa ligasi. Amaldagi chempion “Sevilya” penaltilar seriyasida “Atletik”dan ustun keldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 214           Дата: 15-04-2016, 06:09          
Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining yarim final ishtirokchilari aniqlandi.

Yevropa ligasi. Amaldagi chempion “Sevilya” penaltilar seriyasida “Atletik”dan ustun keldi

Ukrainaning “Shaxtyor” klubi Portugaliyada “Braga”ni kichik hisobda mag‘lub etgandi. Javob o‘yinida esa raqibi darvozasiga javobsiz to‘rt bor yo‘l topdi. Mehmonlar himoyachisi Rikardu Ferreyra bir emas, ikki bor o‘z darvozasini ishg‘ol qildi.

Ispaniyaning “Vilyarreal” klubi Chexiyada “Sparta” darvozasini to‘rt bor ishg‘ol qildi hamda o‘z darvozasidan ikkita gol o‘tkazib yubordi.

Chorak finalning faqatgina 1 ta o‘yini penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi. “Atletik” Bilbaoda “Sevilya”dan 1:2 hisobida yengilgandi. Javob o‘yinida esa xuddi shu hisobda zafar quchdi. Qo‘shimcha daqiqalarda hisob boshqa o‘zgarmagach, g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat etildi.

12 nafar futbolchi ogohlantirilgan bellashuv lotoreyasida omad mezbon “Sevilya”ga kulib boqdi. “Atletik” safida Echebariya Benyatning zarbasini darvozabon qaytarib qoldi. “Sevilya” futbolchilari tomonidan berilgan har beshtala zarba ham golga aylandi.

Yevropa Ligasining yarim final bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi 15-aprel, juma kuni bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Ligasi
Chorak final. Javob uchrashuvlari
14-aprel, payshanba

“Shaxtyor” (Ukraina) — “Braga” (Portugaliya) 4:0 (2:0)

Gollar: Dario Srna, 25-pen (1:0). Rikardu Ferreyra, 42-avt (2:0). Viktor Kovalenko, 50 (3:0). Rikardu Ferreyra, 73-avt (4:0).
Birinchi uchrashuv — 2:1

“Sparta” (Chexiya) — “Vilyarreal” (Ispaniya) 2:4 (0:3)

Gollar: Sedrik Bakambu, 5 (0:1). Samuel Kastilyexo, 43 (0:2). Bruno Soriano, 45+1 (0:3). Sedrik Bakambu, 49 (0:4). Borjek Dochkal, 65 (1:4). Ladislav Kreychi, 71 (2:4).
Birinchi uchrashuv — 2:1

“Sevilya” — “Atletik” (Ispaniya) 1:2 (0:0) pen — 5:4

Gollar: Arits Aduris, 57 (0:1). Kevin Gameyro, 59 (1:1). Raul Garsiya, 80 (1:2).
Birinchi uchrashuv — 2:1

  • Yevropa ligasi. “Liverpul” “Borussiya Dortmund” ustidan irodali g‘alabaga erishdi

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031