Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Polshaga qarshi o‘tgan birinchi nazorat o‘yinida mag‘lub bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 773           Дата: 14-04-2016, 12:03          
2016-yilning 15-sentabridan 2-oktabrigacha Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston o‘smirlar (U-16) terma jamoasi kecha, 13-aprel kuni Toshkentda Polsha o‘smirlar termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Polshaga qarshi o‘tgan birinchi nazorat o‘yinida mag‘lub bo‘ldi

O‘yin Temur Olimxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ustunligida o‘tdi. Birinchi bo‘limda o‘zbekistonliklar gol urish uchun bir necha qulay vaziyatlarga ega bo‘ldi. Shunday xavfli hujumlarning biri 12-daqiqada amalga oshirildi. Oston O‘runov uzoq masofaga aniq to‘p uzatishini amalga oshirdi va Asad Sobirjonovni to‘p bilan ta’minladi. U qanotdan kirib borib, jarima maydoni ichidagi Ibrohim G‘anixonovga to‘pni uzatdi. Ibrohim aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi – 1:0.

Birinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yarim himoyachisi Bahrom Soatov ikkinchi sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.

Ikkinchi bo‘limda Polsha o‘smirlar terma jamoasi hujumda ancha faol harakat qila boshladi. Hujumlardan birida jarima maydoni ichida o‘zbekistonlik himoyachi qo‘pollik ishlatdi deb topildi va Jasurbek Umrzoqov qo‘riqlagan darvoza tomon penalti belgilandi. 11 metrlik jarima zarbasini Matuyesh Praszenik aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi – 1:1.

O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan bir pallada Polsha o‘zining so‘nggi hujumini tashkil etdi va uni muvaffaqiyatli yakunlay oldi. Golga Bartlomey Kukulovich mualliflik qildi – 1:2.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-16 termasi Polshaga qarshi ikkinchi nazorat o‘yinini 15-aprel, juma kuni o‘tkazadi. Uchrashuv “Jar” stadionida, 16:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

O‘rtoqlik uchrashuvi

13-aprel, chorshanba. “Jar” stadioni

O‘zbekiston U-16 — Polsha U-16  1:2

Gollar: Ibrohim G‘anixonov (12) – Matuyesh Praszenik (74 – penalti), Bartlomey Kukulovich (90+4).

O‘zbekiston U-16: Jasurbek Umrzoqov, Ixtiyor Xoldorov, Abubakir Mo‘ydinov, Oston O‘runov, Bahrom Soatov, Rasul Yo‘ldoshev, Asadbek Sobirjonov, Ibrohim G‘anixonov, Islom Karimov, Shuhrat Ne’matov.

Zaxira: Abduvohid Ne’matov, Muhammadali Nomozov, Shohzamon Xayrullayev, G‘ayrat Azizxo‘jayev, Abdug‘ani Kamolov, Abdunozir Abdurahmonov, Doniyor Abdumannonov, Ohun Sayfuddinov, Abduqodir Parpiyev, Humoyun Abdusattorov.

Polsha U-16: Bartosh Mrozek, Marsin Grabovski, Simon Zalevski, Kasper Laskosh, Mateush Skrzipchak, Timoteush Klyupsh, Przemishlav Bargiyel, Kasper Velniak, Mixal Skorash, Blazey Starziski, Sebastyan Valukiyevich.

Zaxira: Pavel Sokol, Matuyesh Praszenik, Kasper Tabis, Javib Kivor, Marsel Stefanek, Xubert Sobol, Bartlomey Kukulovich.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн