Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Manchester Yunayted” Angliya Kubogining yarim finaliga yo‘l oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 110           Дата: 14-04-2016, 06:00          
Futbol bo‘yicha Angliya Kubogida yarim finalning so‘nggi ishtirokchisi nomi aniq bo‘ldi.

“Manchester Yunayted” Angliya Kubogining yarim finaliga yo‘l oldi

Chorak finalning 13-mart kuni bo‘lib o‘tgan “Manchester Yunayted” — “Vest Hem” o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgach, tomonlar reglamentga ko‘ra “Vest Hem” maydonida javob o‘yinida maydonga tushishlari kerak edi. 13-aprel kungi takroriy o‘yinda “Manchester Yunayted” 2:1 hisobida zafar quchib, yarim finalning to‘rtinchi ishtirokchisiga aylandi.

Qayd etish kerak, xorvatiyalik mutaxassis Slaven Bilich boshchilik qilayotgan “Vest Hem”ni mavsum avvalida chempionlikka da’vogar deya qaralgan “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Arsenal”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” klublaridan birortasi mag‘lub eta olmagandi. Bu ishni birinchi bo‘lib, Lui Van Gal jamoasi Angliya Kubogi musobaqasida uddaladi.

Bunga qadar, “Everton”, “Uotford” hamda “Kristal Pelas” klublari yarim final chiptasini qo‘lga kiritib bo‘lgandi. Final ostonasida “Yunayted” va “Everton” klublari birinchi juftlikni tashkil qiladi, ikkinchi juftlikda “Uotford” hamda “Kristal Pelas” klublari to‘qnash keladi.

Yarim final bellashuvlari Londondagi “Uembli” stadioni bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar 23—24-aprel sanalariga tayin qilingan.

Angliya Kubogi
Chorak final uchrashuvi
13-aprel, chorshanba

“Vest Hem” — “Manchester Yunayted” 1:2

Gol: Markus Rashford, 54 (0:1). Maruan Fellayni, 67 (0:2). Jeyms Tomkins, 79 (1:2).
“Vest Hem”: Darren Rendolf, Aaron Kressvel, Jeyms Tomkins, Anjelo Ogbonna, Maykl Antonio, Mark Noubl, Sheyku Kuyyate, Manuel Lansini (Emmanuel Emenike, 74), Dimitri Payet, Enner Valensiya (Viktor Mozes, 62), Endi Kerroll.
“Manchester Yunayted”: David de Xea, Markos Roxo (Antonio Valensiya, 68), Kris Smolling, Timoti Fosu-Mensa, Maykl Kerrik, Deyli Blind, Jessi Lingard, Maruan Fellayni, Ander Errera (Morgan Shneyderlen, 76), Markus Rashford (Ueyn Runi, 90), Antoni Marsyal.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн