Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Bavariya” hamda “Atletiko” klublari Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 195           Дата: 14-04-2016, 00:24          
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasida yarim finalning barcha ishtirokchilari nomi aniq bo‘ldi.

“Bavariya” hamda “Atletiko” klublari Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi

13-aprel sanasidan joy olgan chorak finalning birinchi o‘yinida Germanyaning “Bavariya” klubi Lissabonda durang o‘ynadi — 2:2. Tomonlarning Myunxenda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinida 1:0 hisobida zafar quchgan “Bavariya”, yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Kunning ikkinchi o‘yinida Ispaniyaning ikki grandi — “Atletiko” hamda “Barselona” o‘zaro to‘qnash keldi. “Kamp Nou”dagi o‘yinda Fernando Torresning maydondan chetlatilishi “Atletiko” uchun qimmatga tushib, jamoa hisobda oldinda bora turib, yakunda ikkita gol o‘tkazib yuborgandi.

Madridda kechgan bellashuvda “Atletiko” raqibiga imkoniyat qoldirmadi. Antuan Grizmann tomonidan kiritilgan ikkita gol Madridning ikkinchi klubini ham yarim finalga olib chiqdi.

Shu tariqa musobaqaning amaldagi chempioni hisoblangan “Barselona” turnirni tark etdi. Qayd etish kerak, Yevropa Chempionlar Ligasida ketma-ket ikki bor zafar quchish hali hech bir klubga nasib qilmagan.

Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi 15 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

  • YeChL. Ronaldu “Real”ni, de Bryuyne “Manchester Siti”ni yarim finalga olib chiqdi

Yevropa Chempionlar Ligasi
Chorak final bellashuvlari
13-aprel, chorshanba

“Benfika” (Portugaliya) — “Bavariya” (Germaniya) 2:2

Gollar: Raul Himenes, 27 (1:0). Arturo Vidal, 38 (1:1). Tomas Myuller, 52 (1:2). Taliska, 76 (2:2)
“Benfika”: Ederson, Lyubomir Feysa, Raul Himenes, Viktor Lindelef, Eduardo Salvio (Taliska, 68), Elizeu (Luka Yovich, 88), Pitssi (Gonsalu Gedesh, 58), Jardel, Andre Almeyda, Mehdi Karsela-Gonsales, Renatu Sanshesh.
“Bavariya”: Manuel Noyer, Tyago Alkantara, Frank Riberi (Mariyo Gyotse, 90), Xavi Martines, Duglas Kosta, Xabi Alonso (Xuan Bernat, 90), Filipp Lam, Arturo Vidal, Tomas Myuller (Robert Levandovski, 84), David Alaba, Joshua Kimmix.
Birinchi uchrashuv — 0:1.

“Atletiko” (Ispaniya) — “Barselona” (Ispaniya) 2:0

Gol: Antuan Grizmann, 36 (1:0). Antuan Grizmann, 88-pen (2:0).
“Atletiko”: Yan Oblak, Diyego Godin, Filipe Luis, Koke, Antuan Grizmann (Anhel Korrea, 90), Augusto Fernandes (Stefan Savich, 90), Gabi, Saul Nyiges, Lukas, Xuanfran, Yannik Karrasko (Tomas Parti, 74).
“Barselona”: Mark-Andre ter Shtegen, Jerard Pike, Serxio Buskets, Ivan Rakitich (Arda Turan, 64), Dani Alves (Serxi Roberto, 64), Andreas Inyesta, Luis Suares, Lionel Messi, Neymar, Maskerano, Xordi Alba.
Birinchi uchrashuv — 1:2.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн