Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sabina Sharipova Shenchjendagi tennis turnirini g‘alaba bilan boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 253           Дата: 13-04-2016, 06:18          
O‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova Xitoyning Shenchjen shahrida start olgan, mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSh dollariga teng ITF turkumidagi tennis turnirini g‘alaba bilan boshladi.

Sabina Sharipova Shenchjendagi tennis turnirini g‘alaba bilan boshladi

Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi ilk davrada xitoylik Lin Chjuga qarshi kortga chiqdi va 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Taqqoslash uchun, Sabina Sharipova WTA reytingida 210, 22 yoshli xitoylik tennischi esa 166-pog‘onani egallab kelmoqda. Musobaqaning ikkinchi davrasida O‘zbekiston vakili boshqa bir xitoylik tennischi Jing-Jing Luga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Sabina Sharipova o‘tgan hafta Yaponiyaning Kashiva shahrida bo‘lib o‘tgan, sovrin jamg‘armasi 25 ming dollardan iborat Kashiwa Open tennis turnirining chorak finaliga qadar yetib borgandi. Qizig‘i, Kashivadagi turnirning birinchi davrasida ham Sabina Lin Chjudan ustun kelgandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн